Vazir Özbekistonda 1170ta maktab filiallari mavjudligi, ulardan 300tasi aholi tomonidan qölbola usulda qurilib, foydalanib kelinayotgani töğrisida ma'lumot bergan. Uning aytişiça, mazkur binolarni yopiş yoki maktablar tarkibiga qöşib yuboriş yoki öşa hududda yangi maktablar quriş masalasi mahalliy hokimliklar zimmasiga yuklatilgan.

«Şu paytgaça maktablarga deyarli investitsiya kiritilmagan. Oxirgi ikki yilda maktabga bölayotgan investitsiya özgardi. Ungaça asosan kollej va litseylarga investitsiya ajratilgan.

Tan olişimiz kerak, aholimizning ham, iqtisodiyotimizning ham moliyaviy ahvoli unçalik maqtanadigan darajada emas.

Çiroqçida ham, boşqa joylarda ham köp muhokamaga sabab böladigan masalalardan biri - filiallar. Filial degani nima? Aholi öşa joyga köçib borgan, lekin köpçiligining kadastr hujjati ham yöq. Özi haşar yöli bilan qurgan binoni maktabni filiali qilib oçib qöygan. Çunki asosiy maktab uzoqda joylaşgan. Qişloqlarda, toğli hududlarda öqişga boriş uçun transport yöq. Şuning uçun ham öşa maktablarning ahvoli qörqinçli holatda böladi. Çunki ular paxsadan, qöl uçida qurilgan binolar. Bular davlat dasturi bilan qurilgan maktablar emas.

Bunga obektiv sabablar ham köp. Çunki SSSR tarqalganidan keyingi davr taqqoslansa, şu paytgaça aholi soni eng köp ösgan davlat Özbekiston böldi. 1990 yilga soliştirsak, aholi soni 16 mln kişiga oşgan. Keyingi örinda joylaşgan Tojikistonda aholi soni 4 mln kişiga köpaygan. Rossiyada esa aholi kamaygan.

16 mln kişining asosiy qismi yoşlar. Ular uçun köproq maktab, poliklinika va boşqa yangi zururiy inşootlarni qurişimiz kerak. Şunça yilda qilinmagan işni ikki yilda qilib bölmaydi.

Respublikada 1170ta şunday filial bor. Ularda hamma öquvçilardan bor yöği 1 foizi öqiydi. Filiallar kiçkina qurilgan, bittagina xonadan iborat. Bitta xonada 1, 2, 3-sinf ham öqiydi. Borsangiz qiziq-qiziq holatlarga guvoh bölasiz.

Ikkinçidan, öşa 1170ta filialdan taxminan 300tasi qölbola usulda qurilgan. Aholi özi qurib olgan. «Maktabga kelgin», deyilsa joy uzoq. Boşqa bir joyda bu qişloqdagi odam «u qişloqqa bormayman» deydi.

Bu masalaga kompleks yondaşiş kerak. Umumiy vaziyatga qarsak, öşa qişloqlarda suv ham, yöl ham yöq. Bu böyiça vazifa qöyilgan. Ya'ni biror hudud rivojlanadigan bölsa, uning «genplani» bölişi kerak. Şu asosda uylar qurilişi, keyin ijtimoiy infratuzilma bölişi lozim.