Örta biznesni dunyo gigantiga aylantiriş san'ati. Samsung reformatori Li Gon Xi hayot yöliga nazar
|23:38 / 26.10.202055 57012 min
1987 yildan buyon Samsung kompaniyasiga rahbarlik qilib kelgan Li Gon Xi 78 yoşida vafot etdi. U otasi asos solgan, unça maşhur bölmagan mahalliy darajadagi koreys firmasini öz boşqaruvçilik qobiliyati bilan jahonning eng yetakçi brendlari qatoriga olib kirgan atoqli biznesmen sifatida nom qoldirdi.
Janubiy Koreyaning eng boy odami, Samsung konserni raisi Li Gon Xi 25 oktabr kuni 78 yoşida vafot etdi. Kompaniya axborotiga köra, u Seulda, oila a'zolari davrasida hayotdan köz yumgan.
Tadbirkorning vafoti sababi ma'lum qilinmadi; u 6 yil oldin infarktni boşdan keçirgaç, yuragi operatsiya qilingan va şundan buyon uning salomatligi haqida deyarli heç qanday ma'lumot berilmagandi. Bu yillar mobaynida Samsunğni amalda uning öğli Li Çje Yon boşqarib keldi.
Li Gon Xi qöl ostida Samsung arzon televizorlar va butlovçi qismlar işlab çiqaruvçi mahalliy darajadagi oddiy korxonadan dunyo miqyosidagi texnologik gigantga aylandi. Forbes'ning 2020 yilda jahonning eng qimmat brendlari röyxatida Samsung 8-örinni egallab turibdi. Janubiy Koreya eksportining qariyb beşdan bir qismi birgina şu konglomerat hissasiga töğri keladi.
Deyarli barça maşhur şaxslar bilan bölgani kabi, Li Gon Xining faoliyatiga nisbatan ham tanqidlar yetarliça, uning iş uslubini qoralovçilar köplab topiladi, bir neça bor jinoiy işlar figurantiga aylangan, ammo bularning heç biri unga nisbatan beriladigan ijobiy ta'riflarni inkor qilolmaydi: Li Gon Xi – atoqli biznesmen, mohir boşqaruvçi, kelgusidagi ijobiy özgarişlar uçun oğriqli qarorlarni-da qabul qila oluvçi qat'iyat sohibi edi.
«Xotin va bolalaringizdan taşqari hamma narsani özgartiring»
1988 yil, Seul. Li Gon Xi Samsung taşkil topganining 50 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirda nutq sözlamoqda.
Foto: Yonhap News / Legion Media
Tadbirkorning işga yondaşuvi va falsafasini uning özi ta'kidlagan yuqoridagi iqtibosçalik aniq oçib beradigan jumla topiş qiyin. U 1993 yilda barça örinbosarlari va asosiy yordamçilari bilan ötkazgan yiğilişda şunday iqtibos bilan konsern faoliyatida tub buriliş yasaş şartligini talab qilgan edi.
Li öşa yili Los-Anjyelesda bölganida guvoh bölgan manzara katta ta'sir qilgan deyişadi: u Samsung işlab çiqargan televizorlar yapon raqobatçilarnikiga qaraganda 100 dollar arzonroq bölsa-da, sotilmay çang bosib yotgani, yapon işlab çiqaruvçilarining maişiy texnikalarini ança qimmat bölsa-da mamnuniyat bilan sotib olişayotganini köradi.
Bundan taşqari, öşanda televideniyeda efirga uzatilgan körsatuvda Samsung işçilari kir yuviş maşinasidagi plastik detallarning ortiqça qismlarini qölda kesayotganiga guvoh böladi.
Mavzuga oid
1970-yillar. Samsung televizorlarini yiğiş jarayoni
Şu kabi holatlar Samsung boşqaruvini otasi – kompaniya asosçisi Li Byon Çxoldan 1987 yilda qabul qilib olgan menejyerda qat'iy islohot ötkaziş fikrini uyğotadi. Maşhur iqtibosga aylanib ketgan yuqoridagi topşiriq asosida, 1993 yildan Samsung bozordagi uluşi va sotuvlar hajmi kamayişiga ham rozi bölib, asosiy e'tiborni sifat va texnologiyalarga qarata boşlaydi.
Samsung özgargani, uning qadriyatlari yangilanganining isboti sifatida, ikki yildan söng zavod omborlarida yotgan, nuqsonli holda çiqqan 150 mingdan ortiq smartfon, televizor va boşqa texnikalar Li Gon Xining körsatmasi bilan namoyişkorona yoqib yuboriladi. Bu tadbirni kompaniyaning 2 mingdan ortiq xodimi qöllariga «Sifat hamma narsadan ustun» yozuvli boğiç boğlangan holda kuzatadi.
Kelajakni köra oliş – biznesda katta qurol
Li Gon Xi yirik biznesmenlarga xos ravişda kelajakni taxmin qila olar va qisman uni öz taşabbuslari bilan yaratardi ham. 1974 yilda u yarimötkazgiçlar işlab çiqaruvçi Korea Semiconductors kompaniyasini sotib olganida, otasi – Samsunğning öşa vaqtdagi rahbari bu xaridni pulni havoga sovuriş deb hisoblagan va öğliga yarimötkazgiçlar emas, tekstil sanoati va tegirmon biznesiga pul tikişni maslahat bergan.
Ammo Li Gon Xi aynan yarimötkazgiçlar Samsunğning kelgusidagi lokomotiviga aylanadi deb taxmin qilgan. «Qaçongaça çet el texnologiyalariga töla qaram davlat bölib qolaveramiz? Texnologik mustamlaka holatidan qutuliş uçun qölimizdan kelgan hamma işni qilişimiz kerak», – deya javob bergan u.
2003 yilda Li Gon Xi kompaniya kineskop televizorlar işlab çiqarişni töxtatişini va bundan buyon televizorlarning faqat eng yangi – suyuq kristalli turi bilan şuğullanişini ma'lum qilgan. Vaholanki öşa vaqtda Samsunğning barça sotuvlari va daromadlarining çorak qismidan köproği aynan kineskop televizorlar hissasiga töğri kelardi. Li bu turdagi televizorlar XX asr mahsuloti bölib qolişini nazarda tutgan. Aftidan, AQŞ dökonlarida sotilmay çang bosib turgan televizorlar doimiy ravişda Samsung rahbarining xayolini band qilib kelgan.
Natijada, 2006 yilga kelib Samsung Electronics televizorlar böyiça jahon bozoridagi eng asosiy raqobatçisi – Yaponiyaning Sony konglomeratidan özib ketadi. Amerika bozorlarida ham endi Samsung brendidagi televizorlar xaridorgir mahsulotga aylana boşlaydi.
Izsiz ketmagan Yaponiya va AQŞdagi ta'lim
Li Gon Xi otasi Li Byon Çxol bilan
Li Gon Xi 1942 yil 9 yanvarda Koreya janubi-ğarbidagi Tegu şahrida tuğilgan. Oilaning moddiy ahvolini yomon deb bölmasdi; Gon Xi tuğilişidan 4 yil oldin otasi Li Byon Çxol Samsunğga asos solgan. Oilada 8 farzand, jumladan 3 öğil voyaga yetgan, Gon Xi kenja öğil bölişiga qaramay, otasi merosining katta qismi unga nasib qilgan.
Kiçik Li muayyan muddat koreys maktabida öqigaç, otasi uni Yaponiyaga öqişga yuboradi. U bakalavr darajasini Yaponiyada, magistr darajasini esa AQŞdagi Jorj Vaşington universitetida oladi. Söng Samsung tuzilmasidagi korxonalarda işlay boşlaydi.
1987 yilda, Li Byon Çxol vafotidan ikki hafta ötib, 45 yoşli Gon Xi Samsung boşqaruvini öz qöliga oladi. Şundan keyin ötgan 33 yil içida konglomerat kapitali hajmi 348 barobarga ösdi, sof foydasi ham yuzlab karraga köpaydi.
Albatta, 1980 yillardagi Samsunğni heç bir muvaffaqiyatga erişmagan deb bölmaydi; öşa yillarda ham kompaniya mahalliy bozor ölçovlari böyiça yirik xolding darajasida edi, ammo baribir «dengiz»dagi emas, «hovuzdagi asosiy baliqlardan biri» bölib qolayotgandi. Biroq 2014 yilga kelib – Li Gon Xi yurak xurujini boşdan keçirib, kasalxonaga yotqizilgan va kompaniya boşqaruvini öğliga topşirgan vaqtda, Samsung yetti qit'aga donği ketgan gigant texno-imperiyaga aylangandi. Ayni paytda koreys biznes-guruhlari içidagi eng yirigi ham Samsung bölib qolmoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, Li Gon Xi yangi texnologiyalar yaratişga pul tikiş haqida 1970 yillardanoq gapira boşlagan. U AQŞ va Yaponiyadagi bir qator işlab çiqariş korxonalari bilan tanişganidan keyin şunday fikrga kelgan, bu esa tadbirkor otaning farzandini öqişga yuborişda adaşmaganini körsatadi.
Öz epoxasining odami
Şu kunlarda Li Gon Xi vafoti munosabati bilan uning yaxşi sifatlari, muvaffaqiyatlari tez-tez eslanmoqda. Ammo xolislik uçun uning biografiyasida unçalik yorqin bölmagan sahifalar ham borligini ta'kidlaş lozim.
Koreyada Lining tanqidçilari yetarliça; Samsunğning ma'naviy obrösi borasida ham turliça fikrlar bor. Xususan, korporatsiya uzoq vaqt öz işçilarining kasaba uyuşmasiga birlaşişiga tösiq bölgani, xodimlarni öta qattiq talablar asosida işlatgani aytiladi. Aytişlariça, Samsung işçilarni «limondek siqib, söng bir martalik stakan kabi uloqtiradi», çunki xodimlarga hatto şunday munosabat ham böşagan iş örnini egallaş istagida bölganlar sonini kamaytirmaydi.
Şu bilan birga, kompaniyaning içki sirlarini bilişga uringan yoki bu sirlarni oşkor qilgan xodimlarga nisbatan mutlaqo toqatsiz ekanini ham qayd etişadi.
Samsung-taun, Seul
Li Seul markazidagi uyidan köp ham taşqariga çiqavermagani, Samsung ştab-kvartirasida unçalik ham tez-tez köriniş beravermasligi va jurnalistlar bilan suhbatlarni rad etişi tufayli unga Koreyada «tarki dunyoçi qirol» degan sifat ham berişadi.
Ta'kidlaş joiz, Janubiy Koreyada nafaqat köplab prezidentlar, balki yirik konsernlar rahbarlari ham ozodlikdan mahrum etib turiladi. Li Gon Xi ham ikki marta jinoiy iş doirasida tergov qilingan: 1995 yilda prezident Ro Txe Uga pora berişda, 2008 yilda esa soliq tölaşdan böyin tovlaganlikda ayblangan. Har ikki safar ham oqlangan bölsa-da, ikkinçi gal u şartli ravişda ozodlikdan mahrum etilib, 2 yilga Samsung rahbariyatidan ketişga majbur bölgandi.
Samsung Electronics vitse-prezidenti Li Dje Yon
Foto: Yonhap via Reuters
Lining öğli – kompaniya vitse-prezidenti, amalda olti yildan buyon konsernni boşqarib kelayotgan Li Dje Yon ustidan ham jinoiy iş oçilgan. U 2014 yilda, otasi xastalikka çalingan vaqtdan buyon amalda birinçi rahbar bölib qolmoqda, ammo koreys an'analariga binoan, ota vafot etmagunga qadar öğil kompaniyaning eng yuqori lavozimini rasman egallay olmaydi.
52 yoşli Li Dje Yon va Samsunğning yana 4 nafar top-menejyeri ustidan 2017 yilda jinoyat işi oçilgan. Ular sobiq prezident Pak Kin Xening eng yaqin dugonasiga 43,4 mlrd von (taxminan 38 mln dollar) miqdorida pora berganlikda ayblangan. Bunga qöşimça ravişda Dje Yon xorijdagi aktivlarini yaşiriş va parlament eşituvida yolğon axborot berişda ham ayblangan va 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Oradan bir yil ötib, 2018 yil boşida sud uning apellyatsiyasini körib çiqib, jazoni 2,5 yillik şartli muddatga almaştirgan va u ozodlikdan çiqarilgandi.
Ammo bu bilan iş yopilmadi: 2019 yil avgustida Li Dje Yon ustidan tergov qayta boşlandi, u yana qamoqqa qaytişi ehtimoli yuzaga keldi. Şu boisdan Dje Yon otasining vafotidan keyin ham de-yure Samsung boşqaruvini qölga ola olmasligi mumkin bölib qolmoqda.
Rekord miqdordagi meros soliği
Li Gon Xi rafiqasi Xon Na Xi bilan / Foto: CNN
Li Gon Xi 1966 yilda, Seul davlat universitetining San'at fakulteti talabasi Xon Na Xi bilan tanişib, bir yildan söng unga uylanadi. Ular uç farzand – bir öğil va ikki qizni voyaga yetkazişdi. Yakka öğil Çje Yon Samsunğning asosiy vorisi ekani haqida töxtalib ötdik. Marhumning qizlari – Pu Çjin va So Xyun Samsung tizimidagi şö'ba korxonalarga egalik qiladi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, Li Gon Xi – Janubiy Koreyaning eng badavlat odami edi. Forbes'ga köra, uning boyligi 20,9 milliard dollar, Koreya Respublikasi Moliyaviy nazorat xizmati ma'lumotlariga köra esa 18,2 trillion von (16 mlrd dollardan ortiq) qiymatga ega. Bu boylik uning bevasi va uç farzandi örtasida qanday taqsimlanişi hozirça noma'lum.
Li Gon Xi ikki qizi bilan / Foto: Reuters
Reuters bilan suhbatlaşgan tahlilçilar merosxörlar boylikni taqsimlaşda ahillik namoyiş etişlariga umid bildirgan. Nizo kelib çiqqan holda bu kompaniya faoliyatidagi moliyaviy raqamlarda aks etişi ehtimoli yuqori.
Ammo şunisi aniqki, Li Gon Xining vafotidan söng Koreya ğaznasiga merosdan olinadigan rekord miqdordagi soliq kelib tuşadi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, merosxörlar 18 trillion von merosning 55 foizdan köproği, yoki 10 trillion vonini soliq sifatida tölaşiga töğri keladi.