18 Fevral

Davlat rahbari Chust tumanidagi «Chust textile» xususiy korxonasini borib ko‘rdi.

Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev, qishloq va suv xo‘jaligi vazirlari hamda boshqa mutasaddilar Namanganda bo‘lib turgan prezidentga agrosanoat loyihalarini taqdim qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida bo‘lib turibdi. Agrosanoat kompleksi bilan tanishuv chog‘ida davlat rahbari soha mutasaddilariga hosildorlik va eksportni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifini Yangiqo‘rg‘on tumanidan boshladi va BAA bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Sura General Investmens» MChJ agrokompleksi bilan tanishdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 fevral kuni Namangan viloyatiga tashrifini Yangiqo‘rg‘on tumanidan boshladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi. 

16 Fevral

Ayni vaqtda Namangan viloyatida bo‘lib turgan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi vakillari Chodak qishlog‘idagi ichimlik suvi muammosini o‘rganishmoqda. Mutaxassislar jami 3ta, ya'ni suv to‘planadigan, suvni filtrlaydigan hamda turli tozalash jarayonidan o‘tkazadigan obektlarni ko‘zdan kechirishgan.

Ko`proq yangiliklar
Top