7 iyulga ötar keçasi Yevro-2024 çorakfinal bosqiçi ham yakunlandi. Sönggi öyin kunida ham muxlislar ikkita şiddatli bahs guvohiga aylandişdi.
Sautgeyt jamoasi yorqin öyin körsatmasdan ham turnirdagi iştirokini davom ettirmoqda

Angliya — Şveytsariya 1:1 (Penaltilar seriyasi — 5:3)
Gollar: Saka (80) — Embolo (75).
Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Konsa (Palmer, 78), Trippiyer (Eze, 78), Rays, Foden (Aleksander-Arnold, 115), Bellinghem, Maynu (Şou, 78), Saka, Keyn (Touni, 109).
Şveytsariya – Zommer, Rodriges, Şer, Akanji, Ebişer (Siyerro, 118), Jaka, Froyler (Amduni, 118), Vargas (Vidmer, 64), Rider (Tsuber, 64), Ndoyye (Zakariyo, 98), Embolo (Şakiri, 109).
Ogohlantirişlar: Şer (32), Keyn (67), Vidmer (85).
Angliya milliy jamoasi boşqaruvidagi yubiley yuzinçi öyinida Sautgeyt taktik inqilobga qöl urdi. Ayni vaqtda jahon futbolida eng köp tanqid qilinayotgan uşbu inson Şveytsariyaga qarşi öyinda ança vaqtdan buyon ilk bor uç markaziy himoyaçiga asoslangan sxema tanladi. Sariq kartoçkalari soni ortib ketgani uçun diskvalifikatsiyaga uçragan Gehi örniga Konsa tuşirildi — bu oldindan kutilgan tanlov edi, laterallar pozitsiyasi böyiça esa kiçik intriga bor edi. Yakunda öng oyoqda öynovçi Trippiyer baribir çap qanotda qoldi, öng qanot esa töliğiça Sakaga topşirildi.
Mohiyatan, angliyaliklar şveysariyaliklarning taktikasini takrorladi. Italiya bilan öyindan töla köngli tölgan Murat Yaqin diskvalifikatsiyani ötab bölgan Vidmerni ham boşlanğiç tarkibga qaytarmadi va öng qanotda Riderni qoldirdi.
Şveytsariyaning rejasi ayon edi — töpni inglizlarga topşiriş va ularni maydonning örta qismida uşlab turib, faqat pozitsion hujumlarga majbur qiliş. Qisqa paslar bilan öynaladigan bunday qarama-qarşilikda himoyalaniş katta qiyinçilik tuğdirmasdi, şu bilan birga, raqib himoyasida böşliqlarga ega böliş va qarşi hujumlar ötkaziş mumkin edi. Avvaliga qizil formadagi futbolçilar buni yaxşi uddalaşdi. Ammo golli vaziyatlar yaratilmadi.
Bu öyindan qandaydir hujumlar tölqinini kutgan muxlislar bölgan bölsa, ular ham 30-daqiqalarga kelib taqdirga tan berişdi. Angliyada burçak zarbasini ijro etganida töp oxiri darvozabon Pikfordga yetib keldi...
Şundan söng futbolçilar oldinga ötişni bas qilişdi: raqiblar bir-biriga böşliqlar qoldirişmadi, pozitsion hujumlar uyuştirişga bölgan barça urinişlarni himoyaçilar oldindan öqib turişdi. Angliya tarkibida faqat Saka ajralib turdi, u öz qanotida tez-tez Ebişerni aldab ötdi, ammo uning uzatmalari şveysariyaliklar himoyasidan ötmadi yoki hujumdagi şeriklar yaxşi oçila olmadi. Hujumkor yarimhimoyaçi sanalgan Ebişer asosiy e’tiborini mudofaaga qaratişiga töğri kelgani tufayli Şveytsariyaga hujumlarda variantlar bölmadi. Bölim davomida inglizlar beşta, şveysariyaliklar ikkita zarba yölladi, ammo bu zarbalardan birortasi darvoza sohasiga töğri bormadi. Ammo inglizlar bir narsadan xursand bölişi mumkin: bu safar tribunalar ularni kiyim almaştiriş xonasiga huştakbozlik qilib kuzatib qöymadi. Serbiyaga qarşi birinçi öyindan buyon bunaqasi kuzatilmagandi.












