«Yoşlar va xotin-qizlarni iş bilan ta'minlaş - davlatimiz siyosatining eng ustuvor yönalişi. Şu maqsadda şahar va tumanlarda töqimaçilik majmualari taşkil etilmoqda. Çunki buning uçun xomaşyo, infratuzilma va bozor bor.
«Chust textile» korxonasi «Namangan» erkin iqtisodiy zonasi hududida taşkil etilgan. Fabrikaning ikkita kompleksida 1 ming 300 kişi mehnat qilmoqda.
Korxona buyurtmaga qarab, barça turdagi ustki va içki kiyimlarni işlab çiqarişi mumkin. 2020 yilda qariyb 2 ming tonna mato hamda 5 million 200 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari işlab çiqarilib, Italiya, Rossiya, Qozoğiston va Tojikiston kabi davlatlarga 9 million dollardan ziyod eksport qilingan. Joriy yilda eksportni 12 million dollarga yetkaziş rejalaştirilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident korxonadagi iş jarayonini, tayyor mahsulotlarni közdan keçirgan.
«Ilgari egilib paxta ekardik, egilib terardik, lekin boşqa davlatlarni boqardik. Oxirgi yillarda yaratilgan imkoniyatlar tufayli yangi korxonalar paydo bölyapti, tadbirkorlar emin-erkin rivojlanyapti, qayta işlaş darajasi oşyapti. Klasterlar tuzib, paxtani egali qilganimiz uçun uning sifati ham özgaryapti. Paxta sifatli bölsa, tadbirkorga oson böladi, mahsuloti sifatli, raqobatbardoş böladi», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Korxona binolari köp materiallar sarflanmay, angar usulida barpo etilgan. Natijada qurilişning özidan 6 million dollar iqtisod qilingan.
Davlat rahbari buning mahsulot tannarxiga, raqobatbardoşligiga ta'sirini ta'kidlab, boşqa töqimaçilik majmualarini ham şunday loyiha asosida quriş böyiça körsatma berdi.

«Chust textile» loyihasining umumiy qiymati qariyb 12 million dollar bölib, uç bosqiçga möljallangan. Töliq quvvatda yiliga 5 ming tonna mato, 15 million dona tayyor mahsulot işlab çiqariş mumkin böladi. Işçilar sonini 2200 ga yetkaziş rejalaştirilgan.
Şu yerda Namangan viloyatida amalga oşiriladigan yirik investitsiya loyihalari taqdimot qilindi.








