7 Sentabr

Navoiyda giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

3 Sentabr

G‘ozg‘on tashkil etilishi jihatdan O‘zbekistonning eng kenja shahri hisoblanadi. Yaqin vaqtgacha Navoiy viloyati Nurota tumanining bir qismi bo‘lib kelgan G‘ozg‘on shaharchasi 2019 yilda viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilgandi. Kun.uz muxbiri o‘z marmarlari bilan nom qozongan hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar bilan tanishdi.

Navoiyda fuqaroni tug‘uruqxonaga ishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, undan 7 mln so‘m talab qilgan shifokor ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

30 Avgust

Navoiy viloyatida mustaqillikning 30 yilligi oldidan ko‘plab ijtimoiy soha obektlarining ochilish marosimlari bo‘lib o‘tyapti. Jumladan, Karmana tumanida Davlat xizmatlari markazi, Navbahor tumanida esa ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika yangi binoda ish boshladi. 

27 Avgust

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish” loyihasi tashkil qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida quyosh stansiyasi ochilishida ishtirok etdi va shu yerda hudud faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Davlat rahbari Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida yangi barpo etilgan quyosh fotoelektr stansiyasining ramziy ishga tushirilish marosimida ishtirok etdi va shu yerda hudud faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

26 Avgust

Znvar-iyul oylarida Toshkent shahri eng yuqori faollik barometri indeksi bilan reytingda 1-o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarni Samarqand va Sirdaryo viloyatlari egalladi.

Navoiy viloyatida Mustaqillikning 30 yilligi oldidan bir qator ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obektlari foydalanishga topshirilmoqda. Jumladan, Uchquduq va Navbahor tumanlarida “Obod qishloq” dasturi asosida bunyodkorlik ishlari olib borilgan qishloqlarning rasmiy ochilish marosimlari o‘tkazildi.  

25 Avgust

Navoiy viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsuloti zaxirasi uchun ajratilgan kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MChJ mansabdorlarining qilmishlari fosh bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

24 Avgust

Zarafshon shahrida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 7-gidrometallurgiya zavodi hamda “Muruntov” koni 5-navbati 1-bosqichi loyihasi asosida yangi majmua foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Qobul Tursunov va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Quvondiq Sanaqulov ishtirok etdi.

23 Avgust

Navoiyda buyurtmachilar tomonidan 5ta holatda umumiy qiymati 1,8 mlrd so‘mlik qurilish-ta'mirlash ishlari tanlov (tender) savdolari o‘tkazilmasdan, shuningdek pudrat shartnomalari tuzilmasdan bajarilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top