“Sizlarni Mustaqillik bayramining 30 yilligi arafasida körib turganimdan xursandman. Imkon qadar xalqimiz bilan köproq muloqot qilyapmiz, pirovard maqsadimiz odamlarimiz roziligi, xalqimiz farovonligi. Faoliyatimizni kuzatayotgan bölsangiz, har bir hududga aynan öşa yerni qiynayotgan muammolardan kelib çiqib yondaşyapmiz.

Karmanadagi yaşil energiya loyihasi bilan tanişiş uçun nima uçun şaxsan özim keldim? Sababi, biz aytgan rejalar faqat qoğozda qolib ketmaydi, har biri öziga xos yangilik olib kelişi şart. Har birining ortida xalqimizga iqtisodiy farovonlik keltirişi kerak. Yaqinda tadbirkorlar bilan uçraşdim, ularni qiynayotgan muammolar içida elektr energiyasi juda jiddiyligi ma'lum böldi.

Şu bois, muqobil elektr energiyasi hajmi oşmasa, arzon bölmasa, biz közlagan maqsadlarimizga erişa olmaymiz. Bugun bu katta natijaga qator hamkorlarimiz bilan erişdik va bu faqat birinçi qadam. Endi bunday loyihalarni köpaytirişimiz, işlab çiqariladigan uskunalarigaça özimizda işlab çiqarişni yölga qöyişimiz kerak.

Vertolyotdan turib kuzatdim, 300 mingga yaqin panelni 270 gektar yerga örnatdik. 5 ming megavatt quyoş va 3 ming megavatt şamol energiyasini özlaştirişni rejalaştirganmiz. Bu rejalarimizni kuzatgan hamkorlarimiz, investorlarning ham bizga işonçi ortyapti. Mana şu loyiha amalga oşişi bilan 80 mln kub/metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi, bu gaz uylarga boradi. 

Bundan taşqari, 160 ming tonna zaharli gazlar havoga tarqalişining oldini oladi. Mening oxirgi majlisim ekologiya töğrisida böldi. Mana ekologiya uçun jiddiy qadam”, deya prezident sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.