“Navoiyazot” korxonasi 1964 yilda işga tuşirilgan. Har safar kelganimda qariyb 60 yil avval işga tuşirilgan bu majmuani, undan çiqayotgan sariq tutunlarni körib öylardim: “Men-ku mehmon bölib kelyapman, lekin bu yerda yaşovçi aholimiz soğligi nima böladi?”
Mana şu savol meni köp qiynadi va majmuani modernizatsiya qiliş, yangi qismlarini işga tuşirişda, birinçi navbatda, ekologiya talablari va energiya tejamkorligiga e'tibor berişni vazifa qilib qöydim.
Bugun işga tuşirilayotgan yirik loyihalar yuqori malakali muhandislar, loyihaçi, quruvçi va moliyaçilar jamoasi birgalikda olib borgan samarali mehnat natijasi ekanini barçamiz yaxşi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.
Fursatdan foydalanib, mana şunday zamonaviy majmualarni qisqa muddatda işga tuşirişga katta hissa qöşgan “Mitsubishi” va barça xorijiy hamkorlarimizga, quruvçi va pudratçilar, işçi-xodimlarga çuqur minnatdorçilik bildiraman.
“Navoiyazot” negizida taşkil etilayotgan klasterda qatnaşiş istagini bildirgan avstriyalik, turkiyalik va xitoylik investorlarimizga boşlagan işlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bunday zamonaviy yirik loyihalar, heç şubhasiz, Yangi Özbekistonni barpo etiş yölida taşlangan yangi bir yirik amaliy qadamdir”, dedi prezident.
Ma'lumot uçun, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida taşkil qilinayotgan “Ammiak va karbamid işlab çiqariş” loyihasining qiymati 985,7 mln dollarga teng.












