“Albatta, prezident qayerlarga borişini sizlar muntazam kuzatib turasizlar. Navoiyga ertaroq kelişim ham mumkin edi. Lekin taşrifim bayramimiz arafasiga töğri kelganida ham ramziy ma'no bor. Özim kelolmagan bölsam-da, oldingizda yuzim yoruğ, yil boşidan ijtimoiy masalalar uçun 100 mlrd söm ajratildi.

Mana hokim [Qobil Tursunov] aytsin, 100 mlrd söm ajratdim va eng muhim masalalarni hal qilişga sarflaşni tayinladim. Bu safar yana ajrataman – Navoiydagi har bir muammoni muhokama qilamiz. Xudo xohlasa, şunday qilamizki, Navoiyda kam ta'minlangan odam bölmaydi.

Mana şu stansiyalarni nima uçun işga tuşiryapmiz – xalqimiz farovonligi uçun. Men albatta, birinçi navbatda, öz xalqim manfaatini öylaşim kerak. Lekin niyatim şuki, bunday yutuqlar nafaqat bizda bölsin, qöşnilarimizda ham bölsin. Ularning ham, tinçligini, baxtini bersin”, deya prezident sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.