22 Sentabr

Orol dengizi qurishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan Mo‘ynoq aholisiga 5 million so‘mdan pul tarqatilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

21 Sentabr

O‘zLiDep partiyasidan prezidentlikka nomzod va amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi. 

Buning uchun budjetdan yiliga 100 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

O‘tkazilgan monitoringlar natijasida, Qoraqalpog‘istonda yuqori xavf guruhiga kiradigan aholining 70 ming nafarida yurak-qon tomir, 42 ming – endokrin, 35 ming – nafas yo‘llari, 33 ming – oshqozon-ichak, 19 ming nafarida buyrak surunkali kasalliklari borligi aniqlangan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

Turkmaniston bilan birga “Tuyamo‘yin” gidrouzelining “Sulton Sanjar” dambasini mustahkamlash hisobiga 1 milliard kub metr qo‘shimcha suv zaxirasi yaratiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘zatovda saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida bir paytlar Toshkentda qoraqalpoq madaniyati kunlari, Qoraqalpog‘istonda o‘zbek madaniyati kunlarini o‘tkazish an'anasi bo‘lganini esladi.

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 43 trillion so‘m ajratiladi, “Nukus siti” quriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi. 

Bo‘zatov tumanida Jumanazarovlar xonadonida OAV vakillari bilan uchrashgan prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalistlardan bugungi voqelikni xolis yoritish zarurligi, bu saylovlar oldidan har bir fuqaro o‘z tanlovini ixtiyoriy tanlashida muhimligini bildirdi.

Ellikqal'a tumanida, Aqchako‘l bo‘ylarida yana bir ijod uyi quriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston faollari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.

Allaniyaz O‘teniyazov hayotlik chog‘ida halol peshona teri bilan to‘plagan shaxsiy mablag‘i hisobidan ehtiyojmand odamlarga 42ta uy-joy, 4ta maktab, 4ta bog‘cha va 4ta tibbiyot punktini qurib bergan.

O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod va amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Qoraqaolpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.

17-20 sentyabr kunlari Nukus shahrida II Xalqaro baxshichilik san'ati festivali bo‘lib o‘tdi. Kecha uning yakuniy konsert dasturida g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ko`proq yangiliklar
Top