“Özingiz bilasiz, Qoraqalpoğistonning ulkan hududi bor, şahar va tumanlar, ovullar orasidagi masofa ham ança uzoq. Lekin men qaçon bu yurtga kelsam, çarçaş nimaligini bilmayman. Nega? Çunki, xosiyatli qoraqalpoq diyorining qir-adirlari, dala va boğlari, oqköngil odamlari menga kötarinki ruh beradi, samimiy muloqotlar kuçimga-kuç qöşadi. 

Şuning uçun doimo yuragim qoraqalpoq eliga talpinib turadi, siz azizlarni hamişa soğinib yaşayman. Şu paytga qadar qoraqalpoğistonlik minglab insonlar vatanimizning yuksak orden va medallari, faxriy unvonlari bilan taqdirlangani ham şundan dalolat beradi.

Ularning şarafli hayoti va faoliyati yoşlarimiz uçun çinakam ibrat maktabi bölib xizmat qilmoqda. Misol uçun, Allaniyaz Öteniyazov hayotlik çoğida halol peşona teri bilan töplagan şaxsiy mablaği hisobidan ehtiyojmand odamlarga 42 ta uy-joy, 4 ta maktab, 4 ta boğça va 4 ta tibbiyot punktini qurib bergan.

Xorijiy mamlakatlardagi köplab insonlar ham bunday ulkan saxovat va bağrikenglikka qoyil qolib, Allaniyaz Öteniyazovga xatlar yozişgan. Masalan, argentinalik millioner X.Sapun Allaniyaz oğaga yöllagan maktubida uning ezgu işlaridan saboq olib, özi ham bundan buyon oddiy insonlarga kömak berişga qaror qilganini qayd etadi.

Heç şubhasiz, Allaniyaz Öteniyazov öz eliga sadoqati va saxovati bilan qoraqalpoq xalqiga xos eng yaxşi qadriyatlarni butun dunyoga namoyon etdi.

Şuning uçun, Nukus şahrining körkam mavzelaridan biriga bu uluğ insonning nomini bersak, nima deysizlar? Bu – barçamiz, ayniqsa, yoşlarimiz uçun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega iş bölar edi. 

Qoraqalpoq elining yana bir fidoyi farzandi – muhtaram Qallibek Kamolovdir. Qallibek oğaning çorak asrdan ziyod Qoraqalpoğistonga rahbarlik qilib, el-yurt ravnaqi yölida qanday ulkan işlarni amalga oşirganini aytmasam ham, barçangiz yaxşi bilasiz. Oğa menga ham muntazam takliflarini jönatib turadi.

Hurmatli oqsoqolimiz hozirgi nuroniy yoşida ham jamoat işlaridagi, yoşlar tarbiyasidagi faolligi bilan köpçilikka örnak bölib kelmoqda.   

Men yaqinda Qallibek Kamoloviçning “El xizmatida” deb nomlangan çuqur siyosiy-falsafiy tafakkur bilan yozilgan kitobini öqib çiqib, muhim ma'lumotlardan xabardor böldim.

Muhtaram oqsoqol öz asarida özbek va qoraqalpoq xalqlarining azaliy döstligiga alohida e'tibor qaratib, ularning ötmişi ham, buguni ham, kelajagi ham birligini hayotiy misollar bilan körsatib bergan.

Bu kitob nafaqat Qoraqalpoğiston, balki Özbekiston tarixini ham haqqoniy yoritib bergan muhim manba bölib, barça rahbarlarning iş stolida turişga arziydigan asardir. Xalqimizning, yoşlarimizning baxtiga Qallibek oğa doimo soğ-omon bölsinlar”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.