“Rahmatli Musa Kamaloviç [Yerniyazov] bilan vertolyotda uçib körardik, men şolidagi suv sarfidan norozi bölardim. Hozir ham 5 barobar köp sarflayapsizlar, kimga kerak bunaqa dehqonçilik?!
Şuning uçun, köçat tayyorlaşdan boşlab, qayta işlaşgaça bölgan jarayonni töliq qamrab olgan klaster tizimi joriy qilinadi. Uşbu klasterlar lazer asosida tekislaydigan texnika bilan yerni tayyorlab, şolini töliq köçat usulida ekiş orqali bir yilda 2 marta hosil olişni yölga qöyadi. Buning uçun, texnika va zamonaviy seyalkalarni lizing orqali beriş, bunga subsidiya ajratiş va imtiyozli kreditlar berişni köpaytiramiz. Buning natijasida, 650-700 million kub metr suv iqtisod qilinadi.
Şu bilan birga, Nukus, Kegeyli, Çimboy, Qoraözak, Bözatov, Möynoq tumanlaridan ötadigan “Kegeyli” hamda Şumanay, Qonliköl, Qönğirot, Möynoq, Xöjayli tumanlaridan ötuvçi “Parallelniy” kanallarini betonlaş, 16 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilişga 100 million dollar ajratiladi. Buning hisobiga, 80 ming gektar yerlarning suv ta'minoti va meliorativ holati yaxşilanadi. Bu işlar yaqin kunlarda boşlanadi.
Yaqinda döstimiz, hurmatli Gurbanguli Berdimuhamedov Özbekistonga taşrif buyuradi. Turkmanistonlik döstlarimiz bilan birga “Tuyamöyin” gidrouzelining “Sulton Sanjar” dambasini mustahkamlaş hisobiga 1 milliard kub metr qöşimça suv zaxirasi yaratiladi.
Umuman, Qoraqalpoğistonda suvdan foydalaniş samaradorligini oşiriş orqali yiliga 2 milliard kub metr suv tejaladi. Bu bizga havodek zarur”, – deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.













