ÖzLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod va amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Qoraqalpoğiston Respublikasida bölib turibdi.

Şavkat Mirziyoyev öz taşrifini yangi taşkil qilingan Bözatov tumanida boşladi. Jumanazarovlar xonadoni vakillari, mahalliy faollar va OAV xodimlari bilan muloqotdan söng prezident Qoraqalpoğiston faollari bilan uçraşdi.

Kiriş sözini qoraqalpoqça boşlagan Şavkat Mirziyoyev Yangi Qoraqalpoğiston ğoyasi albatta amalga oşişi haqida söz yuritdi.

“Hurmetli jasi ulkenlar, aziyz apa-singiller, navqiran jaslar!

Bugun mana şu qadimiy va saxovatli zaminda, qayta taşkil qilingan Bözatov tumanida siz, azizlar bilan, mard va tanti, mehnatkaş va bağrikeng Qoraqalpoğiston xalqining vakillari – muhtaram oqsoqollar, munis opa-singillarimiz, navqiron yoşlarimiz bilan kötarinki kayfiyatda uçraşib turganimdan baxtiyorman.

Fursatdan foydalanib, barçangizga, butun qoraqalpoq eliga özimning çuqur hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni bildiraman.
Xabaringiz bor, bu galgi uçraşuvimiz mamlakatimizda davom etayotgan muhim siyosiy jarayon – Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan ötkazilmoqda. 

Saylovoldi uçraşuvlarini eng avvalo Qoraqalpoğiston diyoridan boşlayotganim albatta bejiz emas. Ilgari ham aytganman, bugun ham katta mamnuniyat bilan takrorlayman – men özimni qoraqalpoq xalqining ham farzandi deb bilaman. 

Bu saylov barçamiz, butun el-yurtimiz uçun Özbekistonning, uning tarkibiy qismi bölgan Qoraqalpoğistonning bundan keyingi taraqqiyoti qanday böladi, mamlakatimiz qanday rivojlaniş yölidan boradi, farzandlarimiz, oilamiz, butun yurtimiz kelajagini qanday barpo etamiz, degan hal qiluvçi savollarga javob beradigan ğoyat muhim siyosiy tadbirdir. 

Albatta har bir saylovçi, har bir fuqaro ertangi kunga rejalar qiladi. Albatta, nomzod sifatida men ma'ruza qilaman, saylovoldi rejamni bildiraman. Lekin istagim, özaro muloqot qilaylik, qoraqalpoq elini qiynayotgan muammolar böyiça gaplaşaylik.

Mening juda katta istak-niyatlarim barça imkoniyatlarimizni vatanimiz taraqqiyotiga safarbar qilaylik. Biz 5 yil oldingi Özbekiston, 5 yil oldingi Qoraqalpoğiston emasmiz. Endi rejalarimizni töğri tuzib olsak, ularni bajariş oson böladi.

Özingiz körib, guvohi bölib turibsiz, ötgan beş yillik muddat butun mamlakatimiz, xalqimiz uçun oğir sinovlar davri böldi. Biz Alloh taoloning marhamati, xalqimizning fidokorona mehnati bilan koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqiroz qiyinçiliklarini mardona yengib ötmoqdamiz.