Bildirilişiça, bu mablağ manbai - budjetdan 10 trillion söm, xalqaro moliya taşkilotlaridan 19 trillion söm, bank kreditlari 14 trillion söm hisoblanadi.

“Nukus şahrida tun-u kun işlaydigan savdo, turizm, madaniyat, ta'lim, tibbiyot, injiniring va Ay-Ti sohalaridagi xizmatlarni rivojlantiriş orqali, 6 mingta yangi iş örni yaratiladi.

Bunga, kelgusi beş yilda qöşimça 100 million dollar mablağ ajratiladi. Şuningdek, Nukus şahrida investorlarga biznes qiliş va yaşaşi uçun eng qulay şaroitlar yaratilgan “Nukus siti” quriladi.

Umuman olganda, kelgusi beş yilda Qoraqalpoğistonni rivojlantiriş uçun 43 trillion söm yönaltiriladi. Jumladan, budjetdan – 10 trillion söm, xalqaro moliya taşkilotlaridan – 19 trillion söm, bank kreditlari – 14 trillion söm.

Uşbu mablağlardan samarali foydalaniş, iqtisodiyot va investitsiya sohasida olingan marralarga erişiş uçun, Hukumat, markaziy iqtisodiy idoralar va Vazirlar Kengaşining iş uslubi töliq özgaradi.

Bunda, Toşkentdagi vazirlar va tarmoqlar rahbarlari Vazirlar Kengaşi bilan birga, iş natijalari böyiça har çorakda Jöqorği Kengesda hisobot berişadi. Bu masala Senatning alohida nazoratida böladi va muntazam ravişda joyiga çiqqan holda, muhokama qilib boriladi.

Ikkinçi yönaliş – qişloq va suv xöjaligini rivojlantiriş orqali, 70 mingta iş örni yaratiladi va mahsulotlar hajmi 2 barobarga oşiriladi. 

Birinçidan, Qoraqalpoğistonning çorvaçilikdagi imkoniyatlari göşt-sut mahsulotlari bilan nafaqat özini, balki qöşni hududlarni ham ta'minlay oladi. Şuning uçun, çorvaçilik böyiça 3 ta yönalişdan iborat alohida dastur qabul qilinadi. Eng avvalo, Bözatov, Nukus, Taxiatoş, Taxtaköpir, Qoraözak va Qönğirot tumanlarida 30 ming gektar paxta va ğalla maydonlari töliq ozuqa va boşqa ekinlar yetiştiriş uçun ajratiladi. 

Şuningdek, kelgusi beş yilda 200 ming gektar yaylovlarni qayta tiklaş va hosildorligini oşiriş çoralari köriladi. Bundan taşqari, qoramollar sonini 500 boşdan kam bölmagan xöjaliklarni taşkil etiş uçun, Qoraqalpoğistonda çorvaçilikni rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etiladi. Uşbu jamğarmaga dastlab 100 milliard söm ajratilib, subsidiyalar hajmi köpaytiriladi va 5 foizli kredit ajratiş tizimi yölga qöyiladi.

Şu bilan birga, har bir tumanda 200 ming boşli parranda va 100 gektardan baliq xöjaliklari taşkil etiladi. Şu tariqa, kelgusi beş yilda göşt, sut, tuxum va baliq yetiştiriş hajmi 2 barobarga oşadi”, – dedi prezident respublika faollariga qarata.