6 Oktabr

Samarqand shahrida yashovchi 81 yoshli otaxon 26 yil deganda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xabar berdi.

5 Oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Samarqand viloyatida o‘rganish olib borilganda buyurtmachilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda 18 ta holatda 50 milliard so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangani haqida Kun.uz’da xabar berilgandi. Viloyat prokuraturasi holatlar bo‘yicha o‘rganish olib borilayotganini ma'lum qildi.

Bugun kunduz kuni Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, Toshkent viloyatida kechga tomon ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22 daraja iliq bo‘ladi; shimolda 9-14 daraja iliqqacha pasayadi. 

4 Oktabr

Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi prezidenti braziliyalik Endryu Parsons O‘zbekistonga amalga oshirgan uch kunlik tashrifi davomida Samarqand shahrida ham bo‘ldi. Ko‘hna shaharning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilgan janob Parsons Kun.uz muxbirining savollariga javob berdi.

Samarqand shahrida joylashgan maktabgacha ta'lim muassasasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

3 Oktabr

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida direktor o‘rinbosari 4-sinf o‘quvchisi bo‘lgan 10 yoshli bolani kaltaklagani aytilgan video tarqaldi. Holatga viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

2 Oktabr

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan maktablardan birining ta'miri uchun o‘qituvchilardan 300 ming so‘mdan pul yig‘ilgani aytilgan xabar tarqaldi.

1 Oktabr

Joriy yil 2-3 oktabr kunlarida Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida Afrosiyob poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar bermoqda.

30 Sentabr

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand ko‘chalaridan birida treylerga ortilayotgan poyezd vagoni yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati holat haqida ma'lumot berdi.

Yaqinda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqanddagi o‘rganishlari davomida davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunbuzilish holatlari aniqlanganini ma'lum qildi.

Samarqand viloyati Nurobod tumanida mast holda kelib YHXB xodimining ishlashiga xalaqit bergan, so‘ng uni haqorat qilib tosh otgan shaxs 15 sutkaga qamalgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

29 Sentabr

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida er xotiniga yarashish taklifini bildirgan va uni uyiga chaqirgan. Xotini rad javobini bergach, erkak avval uni, so‘ng shu yerda bo‘lgan qaynog‘asini pichoqlagan.

Ko`proq yangiliklar
Top