Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida direktor örinbosari 4-sinf öquvçisi bölgan 10 yoşli bolani kaltaklagani aytilgan video tarqaldi. Holatga viloyat Xalq ta'limi boşqarmasi munosabat bildirdi.

Munosabatda ma'lum qilinişiça, mazkur holat Oqdaryo tumani Xalq ta'limi bölimiga qaraşli 53-maktabda sodir bölgan. Bundan ikki hafta oldin 53-maktabning 4-V sinfida öqiyotgan N.B.ga maktabning öquv işlari böyiça direktor örinbosari M.V. qöl kötargan.

Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Samarqand viloyati Xalq ta'limi boşqarmasi boşliği örinbosari O.Jangirov, tuman XTB mudiri S.Ortiqova va boşqa mas'ullar uşbu holat böyiça örganiş va tuşuntiriş işlarini olib borgan. Örganiş yakunida 53-maktabning öquv işlari böyiça direktor örinbosari M.V.ning 4-sinf öquvçisini kaltaklagani öz isbotini topgan. Şundan söng M.B.ga nisbatan intizomiy çora qöllanib, u öz vazifasidan ozod qilingan.                                                                                                                            «Bu kabi holatlarning oldini oliş maqsadida maktab jamoasi iştirokida tuşuntiriş işlari olib borilgan. Hozirda öquvçi va uning ota-onasi tomonidan heç qanday e'tirozlar yöqligini ma'lum qilamiz», — deyiladi munosabatda.