Samarqand şahrida joylaşgan maktabgaça ta'lim muassasasida yonğin sodir bölgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.

Bugun, 4 oktyabr kuni soat 14:36da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Samarqand şahar Bağdod köçasida joylaşgan maktabgaça ta'lim muassasasi oşxonasining tom qismida yonğin röy berayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.

Şunga köra, soat 14:40da voqea joyiga 3 ta yonğin-qutqaruv ekipaji yetib borgan va soat 15:06 da yonğin öçirilgan. Hodisa oqibatida oşxonaning 30 metr kvadrat maydonda tom qismi yonğindan zararlangan.

Qayd etilişiça, hodisada heç kim jabrlanmagan. Tarbiyalanuvçilar öz vaqtida evakuatsiya qilingan. Hozirda yonğinning kelib çiqiş sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.