30 Iyun

Sirdaryo viloyatida 2021 yil 1 iyun holatiga 9 428 nafar bolalar ta'minoti uchun 8 520 nafar qarzdordan aliment to‘lovlari undirildi. Shu davrda taraflarni o‘zaro yarashtirish natijasida 280 ta oila qayta tiklandi. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi boshlig‘i Akmaljon Mirzakarimov 29 iyun kuni o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida ma'lum qildi.

23 Iyun

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi ota xorijga chiqishga taqiq qo‘yilgach, farzandi uchun 87 million so‘m aliment pullarini to‘lab bergan.

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

21 Iyun

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida fuqaroning uy-joyi yonib ketgan. Oqibatda xonadonning 104 metr kvadrat maydoni yongan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

16 Iyun

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi.

14 Iyun

Yarim yalang‘och raqqosalarga pul qistirgan Sirdaryo tumani hokimi o‘rinbosari va yana bir mutasaddi ishdan bo‘shatildi.

12 Iyun

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, 6400 AQSh dollari olgan firibgarlarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

10 Iyun

Sirdaryo viloyatida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash o‘tkazuvchi 96 ta emlash brigadasi 113 nafar vrach, 148 nafar vaksinator, 99 nafar registrator, jami 360 nafar tibbiyot xodimi biriktirilgan. Emlash punktiga kelishga imkoni bo‘lmagan fuqarolar uchun 84 ta mobil brigada tashkil qilindi. Bu haqda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

9 Iyun

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida YPX xodimiga mast haydovchini to‘xtatishda yordam bergan haydovchiga zo‘ravonlik qilgan 6 nafar shaxs 15 sutkaga qamalgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

8 Iyun

Bundan bir necha kuni oldin Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tanasi 100 foiz kuyib ketgan jasad topilgani va uning shaxsiga aniqlik kiritilgani haqida xabar berilgan edi.

4 Iyun

2020/2021-o‘quv yilining yozgi ta'til davrida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumi joriy yilning 5 iyun kunidan boshlanadi. Bu haqda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Olimjon Mirbaratov Kun.uz’ga ma'lum qildi.

1 Iyun

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida ona-bolani o‘ldirib, yoqib yuborgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Ko`proq yangiliklar
Top