Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida fuqaroning uy-joyi yonib ketgan. Oqibatda xonadonning 104 metr kvadrat maydoni yongan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 20 iyun kuni soat 12:50da Boyovut tumani, «Farhod» MFY, Şabnam köçasi 32-uyda yonğin sodir bölgan. Yonğinga jami 4 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Dastlabki ekipaj yonğin joyiga soat 12:55 da yetib borgan va soat 13:40da yonğin batamom öçirilgan.

Qayd etilişiça, yonğindan yaşaş uyining 104 metr kvadrat maydonidagi tom va şift qismi zararlangan. Körilgan sa'y-harakatlar natijasida xonadonning 400 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.

Ta'kidlanişiça, yonğinda heç kim jarohat olmagan. Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.













