
Sirdaryo viloyati Içki işlar boşqarmasiga yangi boşliq tayinlandi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, Şuhrat Husanoviç Böronov Sirdaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimida iş boşladi.
Polkovnik Şuhrat Böronov muqaddam Surxondaryo viloyati IIB boşliğining birinçi örinbosari bölgan, şu kunga qadar Samarqand viloyati IIB boşliğining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
U yangi lavozimda Şavkat Mavlonovning örnini egalladi. Şavkat Mavlonov 2019 yilning iyunida Ilhom Qutlimuratov örniga Sirdaryo viloyati IIBga boşliq bölgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozirça ma'lumot yöq.

- Eslatib ötamiz, Xotira va qadrlaş kuniga bağişlab ötkazilgan bayram tadbirlarida Sirdaryo viloyati harbiy blok rahbarlari, ya'ni DXX, prokuratura, IIB va bojxona xizmatlarining hududiy rahbarlari Özbekiston madhiyasi yangrayotgan vaqtda özini qanday tutgani aks etgan videolar internetda tarqalgandi. Sirdaryo viloyati hokimi Ğofurjon Mirzayevning ortida turgan harbiylar davlat madhiyasi yangray boşlaşi bilan qanday jyest körsatişni bilmay şoşib qolişgan, ular avvaliga qöllarini boş kiyimlariga qöndirib harbiy çest berib turişgan, keyin esa qöllarini kökraklariga qöyib turişgan, bu tuşunmovçilik tört harbiy iştirokida bir neça marta takrorlangan va bu vaqt davomida kamera kulgili holatni yozişda davom etgandi.











