Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida uçta maşina iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Oqibatda bir neça kişi turli darajadagi tan jarohatlari bilan şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 22 iyun kuni soat 12:15da M34 Toşkent-Duşanbe xalqaro avtomobil yölining Sirdaryo tumani «Özbekiston» MFY hududidan 100 kilometrda Nexia-3, «Jiguli» va Isuzu yuk maşinasi iştirokida yöl-transport hodisasi röy bergan.

1987 yilda tuğilgan xaydovçi F.F. «Jiguli VAZ-2106» maşinasida qayrilib olayotgan vaqtida ortidan harakatlanib kelayotgan, 1989 yilda tuğilgan A.Ş. Isuzu yuk maşinasi ort qismiga urilgan va boşqaruvni yöqotib, ağdarilgan. Zarb natijasida VAZ-2106 avtomaşinasi qarama-qarşi yönalişga çikib ketib, röparadan kelayotgan, 1992 yilda tuğilgan xaydovçi D.B. boşqaruvida bölgan Nexia-3 maşinasi bilan töqnaşgan.

Qayd etilişiça, mazkur yöl-transporti oqibatida «Jiguli VAZ-2106» xaydovçisi F.F. hamda unda yölovçi sifatida ketayotgan, 1992 yilda tuğilgan K.B.lar miya lat yeyişi, SAK, burun suyagi oçiq sinişi, «postravmatik şok» taşxislari bilan turli darajadagi tan jarohatlari olib, Sirdaryo tumanidagi şoşilinç tez tibbiy yordam bölimining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

Aniqlanişiça, mazkur yöl-transport hodisasiga Isuzu yuk maşinasi haydovçisi qoidalarni qöpol tarzda buzib, oraliq masofasini saqlamagani sabab bölgan. Hodisa yuzasidan Sirdaryo tumani IIB YHXB tomonidan suriştiruv ötkazilmoqda.