Sirdaryo viloyati hokimligi rahbariyatida yangi lavozim tayinlovi amalga oşirildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Rahimjon Boboyev boşqa işga ötişi munosabati bilan viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari vazifasidan ozod etildi.
Uning örniga Abdurahim Umarov viloyat hokimining birinçi örinbosari etib tayinlandi.
Abdurahim Umarov 1985 yilda Sayxunobod tumanida tuğilgan. 2008 yil Guliston davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Xalq banki Sirdaryo viloyati filialida turli mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan, mazkur tayinlovga qadar esa filial boşliği sifatida işlab kelgan.
- Rahimjon Boboyev Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida 2023 yil aprelidan buyon işlab kelayotgandi.












