1 Iyun

Joriy yil 31 may kuni jurnalist va blogerlar Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini birlashtiruvchi yo‘l o‘tkazgichning qurilish jarayoni bilan tanishish uchun taklif qilindi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

31 May

Bundan tashqari, Magic City parki qurilishining 2-bosqichi boshlanadi. Navbatdagi siti Chirchiq daryosi bo‘yida quriladi. Loyihalar prezidentga taqdim etildi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtning Yangihayot tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida ma'lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalaridan birida “Porsche” ishtirokida sodir bo‘lgan YTH videolavhasi tarqaldi. Kun.uz ushbu voqea yuzasidan ma'lumot olish uchun IIV YHXBB axborot xizmati vakili Muzifa Sultonova bilan bog‘landi.

Yashnobod tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Bosh prokuratura I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasi akusherlariga nisbatan keng qamrovli xizmat tekshiruvi tayinlash bo‘yicha SSVga taqdimnoma kiritgan.

Toshkent shahrida taksichilarni talon-taroj qilib ketgan shaxs qo‘lga olindi. Ayni vaqtda u 15 ta epizodli jinoyat ishida gumonlanmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi. 

29 May

O‘tgan haftada Andijonda kuchli shamol esishi oqibatida elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lgandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi 2021/22 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari qaysi fanlar asosida o‘tkazish reja qilinayotganini ma'lum qildi.

Oy kuni yaqinlagan kelin to‘lg‘oq tuta boshlagach, Yashnobod tumanidagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasi tug‘uruq bo‘limiga olib boriladi. Kuchli to‘lg‘oq va og‘riq bo‘layotganiga qaramay, ayolda tug‘uruq amaliyoti tushunarsiz sabablar bilan kechiktiriladi. Ayol oradan ikki kun o‘tganidan keyingina shifokorlar «e'tibori»ga tushgan, bu vaqtda esa uning bolasi, afsuski, o‘lib bo‘lgan edi.

Toshkent shahridagi deyarli barcha oilaviy poliklinikalarda «SS-LAB» kompaniyasiga tegishli laboratoriyalar aholiga pulli xizmat ko‘rsatib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Kun.uz surishtiruvi davomida Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi mulozimlari ushbu xususiy korxona ta’sischilari ekani aniqlandi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlari tomonidan 2020 yil va 2021 yil I chorakda hokimlarning 11 ta qarorini haqiqiy emas, deb topish haqidagi da'vo arizalari sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan. Shundan 3 ta ish bo‘yicha da'vo talablari qanoatlantirilgan.

28 May

Qayd etilishicha, xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2021 yil 27 martdagi “Toshkent shahrida tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi adliya organlarida ekspertizadan o‘tkazilmagan.

Ko`proq yangiliklar
Top