O‘zbekiston | 16:07 / 31.05.2021
2495
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketib qolgan “Porsche” omadli tarzda talafotdan qutulib qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalaridan birida “Porsche” ishtirokida sodir bo‘lgan YTH videolavhasi tarqaldi. Kun.uz ushbu voqea yuzasidan ma'lumot olish uchun IIV YHXBB axborot xizmati vakili Muzifa Sultonova bilan bog‘landi.

Uning ma'lum qilishicha, 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi S.A. 2021 yilning 25 may kuni soat 16:50 larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasida o‘zining boshqaruvidagi “Porsche Taycan” rusumli avtomobilida Shahrisabz ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasi tomonga qarab harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi ariq ustida to‘xtab qolgan.

“Haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Haydovchiga hech qanday tan jarohati yetmagan va transport vositasiga ham zarar yetmagan” – deydi Muzifa Sultonova.

Uning bildirishicha, YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid