20 Oktabr

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Keles shaharchasida uylardan biri yonayotgani haqida xabar va holat aks etgan video tarqalgandi. FVV holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Xabarlarga ko‘ra erining zo‘ravonligi haqida ayol IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Shundan so‘ng mushtumzo‘r hibsga olingan.

19 Oktabr

17 oktyabr kuni Toshkentda kuzatilgan anomal chang o‘tgan yil noyabrdagi kabi boshqa joydan uchib kelgan emas, o‘zimizdagi mahalliy chang edi, deydi gidrometeorolog Erkin Abdulahatov. Xo‘sh, bunga nimalar sabab bo‘ldi?

Shayxontohurdagi 34-maktab rahbarlari bugun ertalab doimgidek eshik oldida turib, formasiz o‘quvchilarning yo‘lini to‘sgan. Ular havo sovuqligi uchun klassik shim kiygan o‘quvchining ham kirishiga qarshilik qilgan. Voqea internetda tarqalgach, maktab ma’muriyati uzr so‘rashga majbur bo‘ldi. XTVning eslatishicha, sovuq havoda o‘quvchi qizlar klassik shim kiyishi mumkin.

Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 2022 yil 19 oktyabrdan issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

"O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini moliyalashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.

18 Oktabr

Magic City'dagi “Chaman” nomli arman restorani ish yurituvchisi qashqadaryoliklarni “restoranda o‘tirishga xos odamlar emas” deyishi ortidan jarimaga tortildi. Restoran boshqaruvchisi qashqadaryoliklardan uzr so‘rab, videomurojaat yo‘lladi, lekin bu murojaat videosi restoranning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida uzoq saqlanib qolgani yo‘q.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 oktyabr kuni «ToshkentboshplanLITI» davlat unitar korxonasiga borib, Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.

“Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish loyihasini davlat-xususiy sheriklik asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilgan holda jadallashtirish choralari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaysi hudud meva va sabzavotlar eksportida yetakchi ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

BAA biznes-delegatsiyasi Toshkent va Samarqand shaharlarida hamkorlik istiqbollarini o‘rgandi.

17 Oktabr

17 oktyabr oqshomida Toshkent shahri havoning iflosligi bo‘yicha IQAir reytingida Dehlini ham ortda qoldirib, dunyoda 1-o‘ringa chiqdi. Bu – son-sanoqsiz daraxtkesarliklar, pala-partish qurilishlar va sifatli jamoat transporti yo‘qligi sabab shaharda avtomobillar ko‘payib borayotgani fonida yuz bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top