17 Oktabr

Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida uchta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

16 Oktabr

Bugun hikoya qilmoqchi bo‘lganimiz tramvay bir paytlar poytaxtimiz Toshkentda yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qilgan muhim jamoat transporti edi. Uzoqni o‘ylamasdan tashlangan qadamlar ortidan poytaxt tramvaylaridan ayrildi. Uni qayta tiklash borasida, afsuski, faol harakatlar kuzatilmayapti.

Fransiyaning Veolia kompaniyasi 2022 yilning iyul oyidan boshlab Toshkentdagi issiqlik tizimini boshqara boshladi. Kompaniya 3 oylik ishi davomida 1600 dan ortiq nosozliklarni aniqlab, bartaraf etgan.

Toshkent shahri Yangihayot tumanida texnik inspektor ushlandi.

15 Oktabr

16 oktabr kuni poytaxtda Tashkent Global Forum tashkiloti boshchiligida 3 kmga yugurish - Business Run marafoni o‘tkaziladi. 

14 Oktabr

Aksar xorijiy mamlakatlarda fuqarolaridan biror manzil haqida so‘rab qolsangiz, sizga, eng avvalo, ko‘cha nomlari bilan tushuntirib yo‘nalish berishadi. Ya’ni ular shaharlarni ko‘chalarga bog‘lab o‘rganishadi. Odamlar ko‘chalar va obektlar raqamlariga ko‘ra kerakli manzilni oson topib boradi. Toshkentda-chi?

Yashnobod va Bektemir tumanlarida subsidiya mablag‘larini noto‘g‘ri ajratish holatlari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida ikki soat ichida ikkita yerosti silkinishi qayd etildi.

13 Oktabr

Bu – G‘afur G‘ulom madaniyat va istirohat bog‘i ochilishining uchinchi marta kechiktirilishi bo‘ladi. Bundan oldin bog‘ ochilish vaqti sifatida 2022 yilning yozi, keyinroq sentabri e’lon qilingan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bog‘ qishda to‘liq ochilishi mumkin.

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

12 Oktabr

9 oktabr kuni Toshkent shahrining Maxtumquli ko‘chasida yuz bergan ayanchli yo‘l-transport hodisasi haqida avvalroq xabar berilgandi. Kun.uz  hodisada jabrlanganlar davolanayotgan shifoxonaga borib, bemorlar hamda shifokorlardan, shuningdek, avtohalokat natijasida vafot etgan yo‘lovchilardan birining yaqinlaridan izoh oldi. Surishtiruvlarimiz davomida marhumlardan biri 19 kunlik kuyov ekani ma’lum bo‘ldi.

Toshkent shahrida avtomobillar harakatlanish tezligini soatiga 60 va 50 kilometrgacha pasaytirish qarori qabul qilinishi keng jamoatchilikda turli savollarni uyg‘otmoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top