"O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini moliyalashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.
2022/2023 o‘quv yilida akademiya magistraturasiga o‘qishga qabul qilish amalga oshirilmagani sababli o‘quv yuklamalari kamaygan.
2022/2023 o‘quv yilida akademiyada 2021/2022 o‘quv yilida shakllangan 35 ta professor-o‘qituvchilar shtat birliklari saqlab qolinadi.
Professor-o‘qituvchilar ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar:
2022 yil sentabr-dekabr oylari uchun akademiya 2022 yilga tasdiqlangan smetasi doirasida budjet mablag‘lari hisobidan;
2023/2024 o‘quv yiligacha esa 2023 yilga tasdiqlangan davlat budjeti parametrlarida akademiyaga ajratilgan mablag‘lardan moliyalashtiriladi.















