24 Oktabr

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 22 oktabr kuni Toshkent metrosining “Alisher Navoiy” bekatida sodir bo‘lgan. Avtomatik o‘tkazish punktida to‘xtatilgan qiz sumkasini ko‘rsatishni so‘ragan ichki ishlar xodimiga unda bomba borligini aytgan.

Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026 yilgacha qurib bitkaziladi. Bu haqda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov ma’lum qildi.

2022 yilning yanvar-sentabr holatiga Toshkent shahrida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 66,2 foizni tashkil etadi.

23 Oktabr

Toshkentda yomg‘ir sabab 23 oktyabr kuni yerusti yo‘nalishlarida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi.

23 oktyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanidagi omborxonada yong‘in yuz berdi.

22 Oktabr

Toshkentdagi chorrahalardan birida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari tufayli u joyni yo‘l belgisiga ko‘ra aylanib o‘tayotgan mashinalarga jarima belgilangan. YHXB esa haydovchilarga jarima faqat sud orqali bekor qilinishi mumkinligini aytmoqda.

21 Oktabr

Zangiota tumani Nazarbek shaharchasining Nayman mahallasida 7-sonli maktab va uning filiali joylashgan. Bu ikki ta’lim maskanining qurilganiga ancha bo‘lgan, lekin hanuz sport zali va mehnat xonasi yo‘q. Hudud aholisi tahririyatimizga yo‘llagan murojaatida farzandlari shu muammodan qiynalayotganini, mas’ullar esa bunga befarqligini aytmoqda.

To‘rt oy ichida birinchi marta yog‘gan yomg‘irdan keyin shahar aholisi nihoyat musaffo havodan nafas oldi. Bir muddat Toshkentdan shimoli-sharqdagi tog‘lar ham aniq-tiniq ko‘rinib turdi. Lekin afsus, havodagi bu tozalik uzoq davom etmadi, shaharni yana g‘ubor qoplamoqda. Osmondagi chang telefondan olingan suratlarda ham ko‘rinib turibdi.

Toshkentda pnevmatik qurol olib yurgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Yangihayot tumanida yuk mashinasi va Trailblazer avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YTH haqida ma’lumot berdi.

20 Oktabr

18 oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.

Shayxontohur tumanida Kia va Spark avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ko`proq yangiliklar
Top