11:52 / 23.10.2022
12963

Toshkentda yomg‘ir sabab yerusti yo‘nalishlarida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi

Foto: Kun.uz

Toshkentda yomg‘ir sabab 23 oktyabr kuni yerusti yo‘nalishlarida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda metropoliten ma’muriyati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qo‘yliq dehqon bozori oldida qurilayotgan avtomobil yo‘l ko‘prigidagi qurilish uchun mo‘ljallangan materiallari bugungi yomg‘ir natijasida poyezdlar harakatiga xavf (gabaritdan tashqarida) solgan.

Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida belgilangan yo‘riqnomaga asosan «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi metro poyezdlari harakati 9:00 dan 9:25 ga qadar to‘xtatilgan.

«Ayni vaqtda ma’sullar tomonidan qurilishdagi ushbu kamchiliklar bartaraf etilgan hamda poyezdlar harakat jadvali asosida harakatlanmoqda», — deyiladi xabarda.

Top