Kun.uz joyiga borib holatni örgandi. Ma’lum bölişiça, 7-sonli maktab 260 örinli bölib, 1981 yilda qurilgan, 2007 yilda rekonstruksiya qilingan. Şu maktabning filiali esa 160 öringa möljallanib, 2009 yilda barpo etilgan. Ammo oradan şunça vaqt ötganiga qaramay, 420 nafar öquvçini qiynab kelayotgan masalalar hanuzgaça yeçim topmagan.


“7-maktabimizda ham, uning filialida ham bolalar uçun şaroit yaxşi emas. Öquvçilar uçun sport zali va mehnat xonasi yöq, ular şunday çang-tözonda öynaşadi. Maktab atrofidagi panjaralar ham talabga javob bermaydi. Panjaralar juda eski, şuni zamonaviysiga almaştiriş kerak. Maktab oldidagi ariqni esa lotokka aylantiriş kerak”, – demoqda Nayman mahalla fuqarosi Qodir Qoraboyev.

Muammolar yuzasidan yuqori taşkilotlarga murojaat qilingani yoki yöqligini biliş maqsadida 7-sonli maktab direktori Dilşod Nurtayev bilan boğlandik. Uning aytişiça, bulardan Zangiota tumani xalq ta’limi bölimi hamda Toşkent viloyati xalq ta’limi boşqarmasi yaxşigina xabardor.
“Investitsiya dasturi böyiça maktabimizda sport zali va mehnat xonasini quriş 2023 yilga belgilangan. Aynan şu masalada juda köp murojaatlar kelib tuşgan, bu haqda tuman xalq ta’limi bölimi, Toşkent viloyati xalq ta’limi boşqarmasiga ham aytilgan.
Sport zalning qurilişiga ham katta mablağ ketadi, hamma narsa rejali dastur asosida bölib kelyapti. Hatto, bu murojaatlar tuman yöl xaritasida ham aks ettirilgan. Asosan, katta mablağni yeçiş uçun vaqt kerakligini aytişadi, şuning uçun jarayon yilma-yil çözilyapti”, – dedi maktab rahbari.
Holat yuzasidan Zangiota tumani XTB mudiri bilan ham suhbatlaşdik. Bölim mudiri Abdulla Rahmatullayev ikkita maktabning sport maydonçalari mahalliy aholi yordamida haşar yöli bilan barpo qilinganini, ammo sport zali hanuz yöqligini aytdi.
















