Korrupsiyaga oid jinoyatlar ro‘yxati tuzib chiqildi. Undan 16 turdagi jinoyat o‘rin olgan
Korrupsion jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasida korrupsiyaga oid jinoyatlar ro‘yxati keltirilgan.
Unga ko‘ra, quyidagi 16 turdagi jinoyatlar korrupsiyaga oid jinoyatlar sifatida belgilanmoqda:
- JKning 167-moddasi uchinchi qismi “d” bandi (mansab mavqeyini suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish yoki rastrata);
- 168-moddasi to‘rtinchi qismi “g” bandi (xizmat mavqeyidan foydalanib firibgarlik sodir etish);
- 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish);
- 192-10-moddasi (NNT yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish);
- 192-11-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi (NNT yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini g‘arazgo‘ylik niyatida suiiste'mol qilish);
- 205-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi (g‘arazgo‘ylik niyatida sodir etilgan hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish);
- 206-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi (g‘arazgo‘ylik niyatida sodir etilgan hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish);
- 208-moddasining ikkinchi qismi (g‘arazgo‘ylik niyatida sodir etilgan hokimiyat harakatsizligi);
- 209-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi (g‘arazgo‘ylik niyatida sodir etilgan mansab soxtakorligi);
- 210-moddasi (pora olish);
- 211-moddasi (pora berish);
- 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish);
- 213-moddasi (davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish);
- 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi);
- 301-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi (og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan holda hokimiyatni suiiste'mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi);
- 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), agar jinoyat korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa.
Qonun loyihasida mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan jinoyatlarni sodir etganlarning muddatidan ilgari ozodlikka chiqarilmasligi, ularga tayinlangan jazo yengilrog‘i bilan almashtirilmasligi nazarda tutilmoqda.
Avvalroq, qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilib, deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi PF-6257-sonli farmonida Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro‘yxatini belgilash nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi
09:46 / 23.08.2024
Toshkentda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan mansabdorlar asosan qaysi idoralarda ishlagani aytildi
12:59 / 19.08.2024