Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi korrupsiyaga oid jinoyatlar uçun javobgarlik çoralarini kuçaytirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritdi.
Agentlik rahbari Akmal Burhonovning ma'lum qilişiça, qonun loyihasida «korrupsiyaga oid jinoyatlar» tuşunçasiga aniq ta'rif berilmoqda va 15 turdagi jinoyatlar bu toifaga kiritilmoqda.
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uçun jazo çoralarini keskin kuçaytiriş nazarda tutilmoqda. Xususan, endilikda özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qiliş yoki firibgarlik jinoyatlarini mansab mavqeyini suiiste'mol qilib yoki xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etiş qilmişlari uçun 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi kiritilmoqda.
Şuningdek, pora oliş, pora beriş va pora oliş-berişda vositaçilik qiliş jinoyatlari uçun 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda.
Bundan taşqari, poraxörlik jinoyatlarini sodir etgan şaxslar jazoni ötaş muddatidan ilgari şartli ozod qilinmasligi va jazo yengilroği bilan almaştirilmasligiga oid özgartiş va qöşimçalar ham kiritilayotgani ma'lum qilindi.
Ma'lumot uçun, amaldagi Jinoyat kodeksida pora oliş, pora beriş va pora oliş-berişda vositaçilik qiliş jinoyatlari uçun eng yuqori jazo sifatida 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.
Eslatib ötamiz, korrupsiyaga qarşi murosasiz munosabatda bölişga oid prezident farmonida Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvçi moddalarning aniq röyxatini belgilaş, korrupsiyaviy jinoyatlarga jazoni uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş jazo çorasigaça keskin kuçaytiriş, korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etganlarga yengillaştiruvçi normalar qöllanilişiga çeklovlar belgilaş vazifasi belgilangandi.











