3 dekabr kuni öz işini boşlagan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi ilk bor jonli efirda olib berilmoqda. Unda deputatlar «Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uçun javobgarlik muqarrarligini ta'minlaşga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasini birinçi öqişda körib çiqdi va bir ovozdan qabul qildi.

Ma'lum qilinişiça, mazkur hujjat bilan Jinoyat kodeksining sakkizinçi bölimi «korrupsiyaga oid jinoyatlar» degan yangi atama bilan töldirilmoqda. Korrupsiyaga oid jinoyatlar uçun aybdor şaxsga nisbatan jazo çoralarini yanada kuçaytiriş maqsadida Jinoyat kodeksining 167- va 168-moddalarida körsatilgan jinoyatlar mansab mavqeyini suiiste'mol qiliş yoki xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgani uşbu moddalarning oğirroq qismiga ötkazilib, mazkur qilmişlar uçun 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, korrupsiyaga oid jinoyatlar uçun javobgarlik muqarrarligini ta'minlaş, bunday jinoyatlarni sodir etgan şaxslarga yengillaştiruvçi normalarni qöllaşni çeklaş maqsadida qator normalarga özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Xususan, Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalarida özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, firibgarlik, soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş uçun hukm qilingan, biroq jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni töliq qoplamagan şaxslarga hamda poraxörlik bilan boğliq jinoyatlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş, jazoni yengilroği bilan almaştiriş tatbiq qilinmasligi belgilanmoqda.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan işlab çiqilgan qonun loyihasi kuçga kirsa pora oliş, pora beriş va pora oldi-berdisida vositaçilik qiliş jinoyatlari uçun jazo 15 yildan 20 yilgaça uzaytiriladi. Poraxörlar muddatidan ilgari ozodlikka çiqarilmaydi, jazo yengilroği bilan almaştirilmaydi.