Bozordagi bir oylik narxlar: nimalar arzonladi va nimalar qimmatlashdi?
Oktyabr oyida import nok 2,5 ming so‘mga arzonlagan bo‘lsa, O‘zbekistonda yetishtirilgan noklar 1000 so‘mga qimmatlashgan. Narxlar oshishi borasida estafeta tayoqchasini sabzi kartoshkaga topshirdi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/1oRZNRq1TciFSonJoGVw5pbQB-Zk0_bs.jpg)
1-31 oktyabr kunlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ (Qo‘yliq) va Eski jo‘va (Chorsu) dehqon bozorlarida asosiy iste'mol tovarlarining ulgurji narxlari bo‘yicha kuzatuv natijalari e'lon qilinib borildi. Vazirlik bir oylik narxlar borasida tahliliy ma'lumotlarni e'lon qildi.
Nimalar arzonladi?
Ushbu davr mobaynida bozorda sariq sabzi 500 so‘mga, qizil sabzi 250 so‘mga, import olma 2 500 so‘mga, rizamat uzumi 1 500 so‘mga, import nok 2 500 so‘mga va limon 9 000 so‘mga arzonlagan.
Qimmatlashgan tovarlar
Shu bilan birga, kartoshka 675 so‘mga, piyoz 100 so‘mga, sarimsoqpiyoz 2 500 so‘mga, bodring 625 so‘mga, pomidor 2 000 so‘mga, bulg‘or qalampiri 1 500 so‘mga, baqlajon 250 so‘mga, olma 2 500 so‘mga, uzum 2 000 so‘mga, nok 1 000 so‘mga, tarvuz 900 so‘mga va qovun 1 000 so‘mga oshgan.
Eng ko‘p keltirilgan mahsulotlar
Tezkor ma'lumotlarga asosan, Qo‘yliq bozoriga 1-31 oktyabr kunlari hududlardan jami 23,7 ming tonna, xususan, 12,4 ming tonna kartoshka, 8,4 ming tonna piyoz, 966 tonna karam va 1,9 ming tonna sabzi keltirilgan.
Shuningdek, Qo‘yliq bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 5 010 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 844 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 902 tonna va Eron davlatidan 3 347 tonna kartoshka keltirilgan.
Hududlardan Chorsu dehqon bozoriga 1-31 oktyabr kunlari jami 357,2 tonna, shu jumladan 302,7 tonna mol go‘shti va 54,5 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.
Avvalroq, Kun.uz O‘zbekistonda oxirgi bir oyda kartoshkaning minimal ulgurji narxlari 40 foizga qimmatlashgani va bunga qaysi omillar ta'sir o‘tkazgani haqida maqola e'lon qilgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
Tramp va Mask demontaji: USAID o‘rnini Xitoy egallamoqda
Jahon | 16:35 / 13.02.2025
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?
Jamiyat | 14:35 / 13.02.2025
Tramp Putin va Zelenskiyga telefon qildi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya hududiy yon berishi va armiyasini qisqartirishi kerak - Kellogg
Jahon | 23:59 / 15.02.2025
-
O‘nlab rossiyalik oligarxlar sanksiyalardan qutulishga muvaffaq bo‘ldi
Jahon | 23:56 / 15.02.2025
-
AQSh va Rossiya rasmiylari Tramp-Putin muzokaralariga tayyorgarlikni boshlaydi
Jahon | 23:30 / 15.02.2025
-
Zelenskiy foydali qazilmalar bo‘yicha AQSh bilan kelishuvni nega imzolamaganini tushuntirdi
Jahon | 23:15 / 15.02.2025
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/6PJzZojohINTuB8GNoK8SSn_FtOpQQK1_medium.jpg)
09:20 / 15.02.2025
Toshkent bozorlarida patta narxlari oshdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/AZkH4uvQmhdDaZNzgOFsZdTYSM2GJBzO_medium.jpg)
08:52 / 13.02.2025
Ikkilamchi avtomobil bozorida yanvarda pasayish davom etdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/Z-gmfswD3Mf8yLwAgRw6Tti-7uNI7ByP_medium.jpg)
19:32 / 10.02.2025
Toshkent bozorlarida patta narxi oshadi. Savdogarlar nima deydi?
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/agldX7tdsPRZwuTlMDNCV7FdYZp8N9xi_medium.jpg)
15:21 / 04.02.2025