O‘zbekistonda kartoshka eng ko‘p iste'mol qilinadigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. O‘tgan iyul-avgust oylarida mahalliy yetishtirilgan kartoshka bo‘yicha takliflar ortishi hisobiga ichki bozorda talab va taklif orasidagi ma'lum muvozanat yuzaga keldi hamda narxlar arzonlashdi. Xususan, yil boshiga nisbatan 5,3 foizga pasayish kuzatildi. Ammo Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyining o‘zida kartoshka narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 7,8 foizga oshgan.

EastFruit tahlilchilari ma'lumotlariga ko‘ra, 14 oktyabrdan 21 oktyabrgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda kartoshkaning o‘rtacha ulgurji narxi bir kilogramm uchun 3500 so‘mdan 5000 so‘mgacha, ya'ni 43 foizga qimmatlashgan. Joriy narxlar darajasi 2020 yilning shu sanasiga nisbatan 39 foiz va 2019 yilning shu sanasiga nisbatan 2,2 baravar yuqori.

Ushbu ma'lumotlarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan har kunlik e'lon qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ulgurji narxlari haqidagi ma'lumotlar ham qisman tasdiqlaydi. Xususan, 27 sentabr holatiga ko‘ra, kartoshkaning minimal ulgurji narxi 2500 so‘mni, maksimal narxlari esa 3500 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 27 oktabr holatida minimal narxlar 3500 so‘mga (narxlar oshishi 40 foiz), maksimal narxlar 4500 so‘mgacha (narxlar oshishi 28,5 foiz) yetgan.

O‘zbekistonda kartoshka yetishtirish va import qilish ko‘rsatkichlari

2017 yilda mamlakat ichkarisida 2,79 mln tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lsa, 216 ming tonna import qilingan (yillik nisbatda narxlar 90 foizga oshgan). Bu ko‘rsatkichlar 2018 yilda 2,91 mln tonna (import 259 ming tonna, yillik nisbatda narxlar 28 foizga arzonlashgan), 2019 yilda 3,08 mln tonna (import 292 ming tonna, yillik nisbatda narxlar 12 foizga oshgan), 2020 yilda esa 3,16 mln tonnani (import 421 ming tonna, narxlar oshishi 42 foiz)