Toshkent viloyatida haykal qurish uchun 28 milliard, kutubxona qurish uchun esa 6 milliard so‘m mablag‘ ajratildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova haykal majmuasini qurish uchun 28,4 milliard so‘m hamda zamonaviy kutubxona binosini qurish uchun 6 milliard so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha farmoyish chiqardi.
Unga ko‘ra, jami 34,4 milliard so‘m mablag‘ Toshkent viloyati mahalliy budjetining 2021 yil III chorak yakunida shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan «Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi» DUKka ajratiladi.
Shuningdek, farmoyishda viloyat hokimining avvalgi — 2021 yil 23 apreldagi farmoyishi asosida Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish ishlari uchun ajratilgan mablag‘dan ishlatilmagan 4,91 milliard so‘mlik qismini belgilangan tartibda viloyat mahalliy budjetiga qaytarish kerakligi aytilgan.
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Xonobod qishlog‘ida yashagan Zulfiya Zokirova turmush o‘rtog‘i vafot etgach besh o‘g‘il va bir qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Ayol Ikkinchi jahon urushida besh nafar o‘g‘lining baridan ayrilgan.
2019 yil 9 may – Xotira va qadrlash kunida prezident Shavkat Mirziyoyev Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh o‘g‘li, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab muhtasham haykal o‘rnatish hamda unga «Matonat madhiyasi» deb nom berish taklifini bildirgan edi.
2020 yil Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘i markazida bu haykal ochildi, shuningdek Zulfiya Zokirovaga bag‘ishlab badiiy film yaratildi.
Tavsiya etamiz
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
Iqtisodiyot | 16:58 / 19.02.2025
Ilon Mask «Yer yuzidagi eng aqlli sun’iy intellekt» - Grok 3ʼni taqdim etdi
Fan-texnika | 17:29 / 18.02.2025
Toshkent yo‘llarida qayrilib olish joyidan oldin chizilgan yangi yo‘l chiziqlari o‘chirib tashlanmoqda
O‘zbekiston | 17:25 / 18.02.2025
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
Jamiyat | 11:34 / 09.12.2024
So‘nggi yangiliklar
-
Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 00:21
-
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi
Jahon | 00:09
-
AQSh vitse-prezidenti Zelenskiyga Trampni tanqid qilmaslikni maslahat berdi
Jahon | 23:49 / 19.02.2025
-
Immigratsiyani taqiqlash Yevropa aholisining 30 foizdan ortiqqa qisqarishiga olib keladi
Jahon | 23:11 / 19.02.2025
Mavzuga oid

20:16 / 06.12.2024
Qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib kelganlar tabiatga 65 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi

20:43 / 04.12.2024
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

08:16 / 27.11.2024
Toshkent viloyatida o‘z uyida pirotexnika vositalarini saqlab kelgan shaxs ushlandi

19:57 / 22.11.2024