Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqi matni ÖzA tomonidan e'lon qilindi.
Unda davlat rahbari Toşkent viloyati, Zangiota tumanidagi Xonobod qişloğida istiqomat qilgan Zulfiya Zokirova haqida ham gapirib ötdi.
«Uruş qahramonlari haqida gapirar ekanmiz, tabarruk Ona siymosi köz öngimizda namoyon böladi. Çunki el-yurt himoyasini or-nomus işi deb biladigan mard va botir öğlonlarni voyaga yetkazgan uluğ zot – onadir. Uruşning barça azob-uqubatlarini eng köp tortgan insonlar ham muştipar onalarimizdir.
Bamisoli sabr-bardoşdan yaralgan, uruş yillarida muqaddas Vatan timsoliga aylangan bunday metin irodali onalar yurtimizda köplab topiladi.
Sözimning isboti uçun bir misol keltirmoqçiman. Toşkent viloyati, Zangiota tumanidagi Xonobod qişloğida Zulfiya aya Zokirova ismli bir mötabar onaxon yaşab ötganlar. Tom ma'noda buyuk bu insonning jasoratini ta'riflaşga til ojiz.
Turmuş örtoği Xolmat aka vafot etgaç Zulfiya aya beş öğil va bir qizni tarbiyalab voyaga yetkazganlar.
Hammamiz yaxşi bilamiz, ona zoti uçun farzand doğini körişdan ham oğir yöqotiş yöq. Zulfiya aya Zokirova Ikkinçi jahon uruşida bir emas, beş azamat öğlidan – Isoqjon, Ahmadjon, Mamajon, Vahobjon, Yusufjon ismli aziz farzandlaridan judo bölgan.
Özingiz ayting, qadrli döstlar, har qanday odamni ham yiqitib, yakson qiladigan taqdirning bunday beşafqat zarbasiga bardoş beriş mumkinmi?
Lekin Zulfiya Zokirovadek matonatli, qahramon özbek ayoli bunga bardoş bera oldi. Şunday fojiali qismatga beş marta köksini qalqon qilib, beş marta ham mardona oyoqqa turdi. Buning uçun odamda qançalik kuçli iroda, qançalik metin sabr-bardoş bölişi kerak!
Yovuz uruş tufayli ayaning tört kelini beva, beş nabirasi yetim bölib qoldi. Uning özi esa bir umr motamda yaşadi. Lekin heç qaçon umidsizlikka tuşmadi, öğillarining sönmas xotirasi, yoruğ kunlar yodi bilan, kelinlari, nabiralarining hayoti, orzu-umidlari bilan yaşadi.
“Joyi çiqsa, turmuş qilinglar, men sizlardan mingdan-ming roziman”, deydi Zulfiya aya kelinlariga. Lekin ular ham Zulfiya ayadan örnak olib, unga madad bölib, barçasi öz yoriga, oilasiga sodiq qoladi, boşqa turmuş qurmaydi.

















