O‘zbekiston | 07:52 / 05.11.2021
4154
4 daqiqa o‘qiladi

Davlat organlarida qonunlar ijrosini ta'minlash vazifasi rahbar birinchi o‘rinbosariga yuklatiladi

Prezidentning “Oliy Majlis palatalari hamda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida qonun ijodkorligi faoliyati va qonunlar ijrosini ta'minlash hamda Oliy Majlis palatalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish vazifasi amaldagi shtat birliklari doirasida, qoida tariqasida, rahbarning birinchi o‘rinbosariga yuklatiladi.

Belgilanishicha, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas'ul o‘rinbosarlari Oliy Majlis palatalari bilan bir qatorda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan o‘zaro hamkorlik uchun ham mas'ul hisoblanadi, hududiy davlat boshqaruvi organlarida ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan o‘zaro hamkorlik uchun ham mas'ul o‘rinbosarlar belgilanadi.

Mas'ul o‘rinbosarlar zimmasiga qonun ijodkorligi, parlament nazorati, parlament hujjatlari va murojaatlari sohasida Oliy Majlis palatalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi:

  • qonun ijodkorligi, shu jumladan, qonun loyihasini tayyorlash, kelishish, Hukumatga kiritish va ko‘rib chiqish, loyihani Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish, Qonunchilik palatasida qabul qilingan qonunni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida himoya qilish, qonunning ijrosini nazorat qilish va targ‘ibotini tashkil etish;
  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalarining qonun ijodkorligi, qonunning ijrosini nazorat qilish va targ‘ibotini tashkil etish, Oliy Majlis palatalari, qo‘mitalari va komissiyalari bilan hamkorligini tashkil etish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosining borishini ko‘rib chiqish, Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma'ruzasini ko‘rib chiqish;
  • “Hukumat soati”ni o‘tkazishni tashkillashtirish;
  • viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini Senat majlislarida eshitishda, parlament so‘rovini, Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a'zosining so‘rovini ko‘rib chiqishda, Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari tomonidan vazirliklar va idoralar rahbarlarining axborotini eshitishda tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • qonunchilik hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari tomonidan o‘rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni, parlament tekshiruvini amalga oshirishda hamkorlikni ta'minlash;
  • Oliy Majlis palatalari, ularning organlari, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a'zolarining hujjatlari hamda topshiriqlarini ko‘rib chiqish va ijrosini ta'minlashni muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi holatini tegishlicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari birinchi rahbarlari huzuridagi majlislarida har chorakda tanqidiy va har tomonlama muhokama qilinishini ta'minlash;
  • Oliy Majlis palatalari, ularning organlari, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a'zolarining hujjatlari hamda topshiriqlarini to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki ijrosini ta'minlanmagan tarkibiy bo‘linma rahbar va xodimlariga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalari yuzasidan asoslantirilgan taklif kiritish;
  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida qonun ijodkorligi, parlament nazorati hamda murojaatlari ijrosini doimiy va tizimli monitoring qilib borish, muntazam ravishda tarkibiy bo‘linmalarning bu boradagi hisobotlarini eshitish.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda