Andijondagi hayvonot bog‘ida sher qorovul o‘limiga sabab bo‘ldi
Andijon shahri va Xo‘jaobod tumani chegarasiga joylashgan «Hayvonot bog‘i»da mudhish voqea ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
Baxtsiz hodisa tufayli Xo‘jaobod tumani Xidirsha MFY hududida joylashgan, «Usmonobod fayzi» mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli «Hayvonot bog‘i» da qorovul bo‘lib ishlagan, Xo‘jaobod tumani Ko‘prikboshi MFY yashovchi 45 yoshli H.A. hayotdan ko‘z yumgan.
2018 yil 30 dekabr kuni soat 20:50lar chamasida qorovul qafasda saqlanayotgan «Simba» laqabli sherga yemish berayotgan chog‘ida hayvon uning chap oyog‘ining son qismidan tishlab, kuchli tan jarohati yetkazgan. Oqibatda H.A vafot etgan.
Tez orada tegishli idoralar tomonidan voqeaning barcha tafsilotlari berilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
23:58 / 17.12.2024