Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: O‘zbekistonda yangi namunadagi 50 ming va 100 ming so‘mlik kupyuralar muomalaga chiqarildi
Banknotlar 22 dekabrdan muomalaga chiqishi aytilgandi.
O‘zbekistonda 27 dekabrdan boshlab yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 50 000 so‘m va 100 000 so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilari muomalaga chiqarildi.
Dekabr oyi boshida O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotalar chiqarilishi kutilayotgani xabar qilingandi.
16 dekabr kuni Markaziy bank yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 50 ming so‘m va 100 ming so‘m bo‘lgan banknotalar dizaynini e’lon qildi. O‘shanda yangi banknotlar 22 dekabrdan muomalaga chiqishi ma’lum qilingandi.
Ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarda yangi 50 ming so‘mlik banknota dizaynida chalkashlikka yo‘l qo‘yilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi, 17 dekabr kuni Markaziy bank xatolikka yo‘l qo‘yilganini tasdiqladi va banknotlar muomalaga chiqarilishidan oldin uning namunasida aniqlangan texnik xatolik bartaraf etilishini bildirdi.
Ma’lumot uchun, 2017 yilda chiqqan 50 ming so‘mlik va 2019 yilda chiqqan 100 ming so‘mlik ham barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi davom etadi.
Mavzuga oid
16:37 / 11.12.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
19:09 / 10.12.2025
O‘zbekistonda yagona QR kod orqali to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi
19:19 / 04.12.2025
O‘zbekiston oktyabrda oltinning eng yirik xaridorlaridan biri bo‘ldi
16:32 / 28.11.2025