Markaziy bank yangi 50 ming sömlik banknota dizaynida çalkaşlikka yöl qöyilgani töğrisida Azon.uz tomonidan aniqlangan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

«Milliy valutamiz dizayniga befarq bölmagan fuqarolarimiz tomonidan 50 000 sömlik banknot namunasining old tomonida «Al-Hakim at-Termiziy» maqbarasi tasviri tuşirilgani, ammo maqbara nomi «Abu Iso at-Termiziy» deb yozilgani bildirildi.
Mutaxassislar bilan qayta örganiş natijasida haqiqatan ham namunadagi tasvir va uning nomlanişida texnik xatolik mavjudligi ma’lum böldi.
Şu sababli Özbekiston Respublikasi Markaziy banki yangi dizayndagi 50 ming sömlik banknotlar muomalaga çiqarilişidan oldin uning namunasida aniqlangan texnik xatolik bartaraf etilişini hamda maqbaraning nomi töğri qayd etilişini ma’lum qiladi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki banknotlar dizaynlariga befarq bölmagan barçaga öz minnatdorçiligini bildiradi», deyiladi Markaziy bankning Kun.uz’ga bergan izohida.

Avvalroq Markaziy bank yangi dizayndagi 50 000 va 100 000 sömlik banknotlar muomalaga çiqarilişi hamda ularning körinişi töğrisida axborot bergan edi. Yangi körinişdagi banknotlar 22 dekabrdan muomalaga çiqariladi.
















