Yoş bolalarni ilm-fanga qiziqtiriş yönalişida faoliyat yuritib kelgan sifatli bosma naşr – «Jajji akademik» jurnali öz faoliyatini yakunladi. Jurnal boş muharriri, «Akademnashr» naşriyoti boş direktori Sanjar Nazar Facebook sahifasida loyiha qanday sabablar tufayli muvaffaqiyatsizlikka uçragani haqida yozdi.

«Xullas, eplay olmadik. Jurnal muttasil zararga çiqdi. Umumiy zarar ön xonali sonda ifodalanadigan böldi. Ammo bu asosiy sabab emas. Iqtisodni amallaş mumkin, yaxşilar yeng şimarib turişgani şubhasiz. Masalan, ötgan yili bir yaxşi inson jurnalning jamiki qoldiqlarini sotib oldi. Bu yil bir döstimiz bir yillik naşr xarajatlarini öz zimmasiga olişga tayyor ekanligini bildirdi...

Biz tarqatiş, tarğib qiliş va eng alamlisi, ehtiyoj uyğotişni eplay olmadik. Şu yöl – ilm najot ekanligiga odamlarni işontira olmadik. Bu haqiqatni bilganlarning köpçiligi esa bolalariga rus tilidagi jurnallarni olib berişadi. Bolalari rus maktablarga qatnaydi...

Vaziyatimizdan Xalq ta'limi vazirligini ham, Yoşlar işlari agentligini ham, boşqa ehtimoliy aloqador bölişi mumkinlarni ham xabardor qilgan edik. Ularda amaliy yordam beriş uçun vakolat va imkoniyatlar yöqligini ham bilamiz.

Eng sillamizni quritgani poçta tizimidagi muammolar böldi. Obuna bölgan, xarid qilgan odamlarga jurnallar yetib bormadi va hamon bormayapti. Özimiz mustaqil yetkazib beriş tizimini taşkil qila olmasdik. Sof tijoriy, milliardlab foyda köradigan tadbirkorlik yönalişlari ham buni Özbekiston şaroitida hozirça eplay olişmaydi».

Xulosaga örin beramiz

Aslini olganda, bolalar uçun sifatli ma'rifiy kontent yarata oladigan badiiy jamoa mavjudligining özi katta yutuq – hamma joyda ham bor emas bunday boylik. Ötmiş ta'limimiz unçalik yomon bölmagan ekanki, şunday kadrlarimiz bor. Biroq hozirgi davrda bunday jamoa mavjudligining özi yetarli emas ekan. Bu jamoaning mardonavor urinişlari kor qilmabdi.

Avvalo şuni aytiş kerakki, xususiy uriniş ölaroq yuzaga kelgan bu bosma naşrning yaşab ketolmagani sababi, boşqa köplab bosma naşrlarning inqirozi kabi tuşunarli – internet sabab davrimizga informatsion taqçillik emas, balki informatsiyaga bökib qoliş xosroq. Buning ustiga, yoş-u katta uçun qiziqişlarni osonlikça qondiriş imkoniyatini beruvçi elektron vositalar qulayroq. Umuman olganda, yengillik turganda qiyinroq narsani lozim topiş inson tabiatiga zid. Tabiatga qarşi çiqib bölmaydi. Şu uçun ham bosma naşrlar hozirda faqat «köngilli-majburiy» obuna orqali umrguzaronlik qilyapti. Biroq...