«Jahon böyiça ayrim izotoplarning yarmi Özbekistondan olinadi» - Yadro fizikasi instituti direktori bilan suhbat
|20:46 / 10.07.202023 68110 min
Kun.uz ilm-fan sohasi vakillari bilan intervyularini davom ettiradi. Navbatdagi suhbatdoşimiz Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sodiqov böldi.
– Ilhom Ismoiloviç, bizda uzoq yillardan buyon yadro tibbiyoti uçun radioizotop mahsulotlari işlab çiqariladi. Lekin şu bilan bir paytda köpçilik yadro tibbiyoti töğrisida tasavvurga ega emas. Nega bunday?
– Siz haqsiz. Bizning Yadro fizikasi institutida tibbiyot uçun izotop mahsulotlarni bu soha endi rivojlana boşlagan paytlaridayoq işlab çiqariş boşlangan. 1976 yilda YaFI negizida «Radiopreparat» korxonasi tuzilgan bölib, yadro tibbiyoti uçun turli radiofarmpreparatlar tayyorlaş yölga qöyilgandi.
Öşa yillarda sobiq ittifoqda bu soha endi tetapoya qila boşlagan, dunyoda esa «yadro tibbiyoti» degan tuşunçaning özi yöq edi. Biz aynan şu yillarda izotop mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöyganmiz.
Fakt: Özbekiston yadro tibbiyoti uçun izotoplar işlab çiqariş böyiça dunyo bozoridagi yetakçilardan biri sanaladi. Masalan, onkologik kasalliklarni davolaşda işlatiladigan yod-125 radioizotopining 50 foizidan köproği Özbekistonda, VVR-SM yadro reaktorida olinadi.
1978 yilda bizda ilk bor texnetsiy-99m radionuklid generatori olingandi. Bu eng universal radionuklid bölib, har xil xastaliklarning diagnostikasida işlatiladi. Bugungi kunda dunyo böyiça radionuklidlar iştirokida ötkaziladigan barça taşxis muolajalarining 85 foizdan ortiği aynan texnetsiy-99m yordamida ötkaziladi.
80-yillarda Özbekistonda yadro tibbiyoti şakllanişi boşlandi, YaFIda radionuklidlarni işlab çiqariş sur'ati tezlaşdi va asosan eksport qiliş közda tutildi. Hozirgi kunda ham bizning 90 foiz mahsulotlarimiz eksport qilinadi, şu sabab bizni Özbekistondan köra dunyoda köproq bilişadi.
Oxirgi 4-5 yilda vaziyat özgarmoqda. Umid qilamizki, tez orada bizni öz yurtimizda ham yaxşi tanib olişadi va faxrlanişadi.
– Özbekiston izotop mahsulotlarni qaysi davlatlarga eksport qiladi va bu qança daromad keltiradi?
– Bugungi kunda bizning Yadro fizikasi institutimiz dunyoning 12 davlatiga izotop mahsulotlarni eksport qiladi. Bular – AQŞ, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston va boşqa mamlakatlar.
Tibbiyot maqsadlari uçun işlab çiqariladigan izotop mahsulotlarini eksport qilişdan keladigan mablağ yiliga örtaça 3 million AQŞ dollarini taşkil etadi.
Mavzuga oid
Fakt:
Yadro fizikasi instituti radiofarmatsevtik preparatlar işlab çiqariş böyiça dunyodagi 20ta yirik muassasa qatorida turadi.
– Özbekistonda yadro tibbiyotining aynan qaysi yönalişlari rivojlanmoqda va bu jarayonda YaFI qanday örin tutadi?
– Özbekistonda azaldan ösma hujayralarini ionlaştiruvçi radiatsiya bilan nurlantiruvçi nur terapiyasi yaxşi rivojlangan. Bu – sohaning taraqqiyotga yuz tutgan birinçi yönalişidir. Bundan söng radionuklid diagnostika va terapiyasi rivojlana boşladi. Boşlanğiç bosqiçida u texnetsiy-99m bilan yod-131 işlatişga asoslandi. Nur terapiyasidan farqli ravişda bu usulda zararlangan organga radionuklid tutgan dori vositasi manzilli tarzda yetkazib beriladi.
Sönggi 8-10 yil davomida samariy-153 oksabifor preparati keng qöllanila boşlandi. Bu preparat suyaklardagi kuçli oğriqlar qözğatuvçi ösmalar metastazlar bölganda va boşqa suyak kasalliklarida oğriqsizlantiriş va davolaş maqsadida işlatiladi.
Bundan taşqari, sönggi yillarda pozitron-emission tomografiya (PET KT) yönalişi yaxşi rivojlanmoqda. Bu inson içki a'zolarida ösma hujayralarini aniqlaş maqsadida ösma hujayralari töplangan joyni «yorituvçi» radiofarmpreparatlar (radioaktiv izotoplar bilan boyitilgan maxsus moddalar) jönatişdan iborat.
Bugungi kunda Toşkentda bemorlarni qabul qilayotgan va diagnoz qöyayotgan 3ta PET markaz faoliyat yuritmoqda. Bu juda muhim yönaliş, sababi ösma kasalliklariga qarşi kuraşda erta diagnostika nihoyatda zarur va PET KT buning imkonini beradi.
Bu sohalarda Yadro fizikasi institutining örni haqida sörasangiz, respublikamizda ötkaziluvçi deyarli barça radionuklid diagnostika va terapiya bizning institutimiz mahsulotlaridan foydalanilgan holda olib boriladi.
– Ilhom Ismoiloviç, aytişingizça, YaFI Özbekiston klinikalarini samariy-153 oksabifor izotop mahsuloti bilan ta'minlaydi. Bizga ma'lumki, bu ançagina qimmat preparat bölib, dunyo bozorida ham uning narxi balandligi haqida ma'lumotlar bor. Bizning klinikalarimiz bu mahsulotni qanday narxda sotib olişadi?
– Töğri, samariy-153 oksabifor jahon miqyosila bor-yöği bir neçta Yevropa davlatlarida – Germaniya, Fransiya va Rossiyada işlab çiqariladi. Fransiyada bu preparatning Yevroittifoq aholisi uçun bir martalik dozasi 2,5 ming yevroga baholanadi, boşqa mamlakat fuqarolari uçun esa 2,7 ming yevro turadi.
Bizda işlab çiqariladigan bu preparat sifat va xarakteristika jihatidan ulardan qolişmaydi. Ayrim mulohazalarga köra, hatto ulardan ötadi ham.
Yurtimiz klinikalariga bu preparat 59 yevro hisobidan Özbekiston sömida beriladi, ya'ni xorijda işlab çiqariladigan analogidan 40 baravar arzon turadi.
Fakt: ÖzFA Yadro fizikasi instituti 1956 yilda taşkil etilgan va u hududi jihatdan Markaziy Osiyodagi eng yirik ilmiy tadqiqot dargohidir. Institutga tegişli 7ta noyob yadro fizikaviy qurilma 315 gektar maydonda joylaşgan.
– Umuman, tibbiyotda yadro texnologiyalarini örganiş va rivojlantiriş qançalik muhim?
– Yadro meditsinasi usullari tibbiyotda aniq taşxis qöyiş va samarali davolaşda juda muhim. Ayniqsa saraton kasalliklarini davolaşda bu yönaliş katta rol öynaydi. Bundan taşqari, bu selektiv terapiya, ya'ni yadro tibbiyoti usullari kasallik öçoğini davolaşda qöllaniladi.
Kimyo terapiya va bu turdagi dori vositalarini qabul qilişda ular butun organizmga singadi, bu esa nojöya ta'sirlarga sabab böladi. Radioterapiyada esa preparat manzilli tarzda faqat kasallikdan zararlangan maydonlarga yöllanadi. Onkologiya nuqtayi nazaridan preparat faqat ösma hujayralariga ta'sir qiladi va soğlom hujayralarga zarar yetkazmaydi. Şu tarzda soğlom hujayralar va umuman organizm bu preparatlarning umumiy ta'siridan zarar körmaydi.
Ikkinçidan, yadro tibbiyotining samarasi juda yuqori. Masalan, hozirgi kunda lyutetsiy-177 asosidagi şunday preparat paydo böldiki, ilmiy tadqiqotlar asosidagi maqolalarga tayanadigan bölsak, bu preparat ta'sirida ba'zi turdagi ösmalardan soğayiş körsatkiçi 99 foizgaça yetişi mumkin. Boşqa uslublar bilan hozirça bunday natijalarga erişib bölmayapti. Demak, yadro tibbiyotining kelajagi porloq.
Şu bilan birga, ğalati paradoks kuzatiladi: odamlarda şunday fikr örnaşib qolganki, köpçilik radiaktivlik bilan boğliq hamma narsa organizmga zarar yetkazadi, deb öylaydi. Aslida esa aksinça, töğri qöllanganida bu uslublar eng oğir kasalliklarni davolaşda yaxşi samara beradi.
– Bizga ma'lumki, Özbekistonda atom elektrostansiyasi qurilişi rejalaştirilmoqda. AES yadro texnologiyalari, yadro tibbiyoti rivojida qanday örin tutişi mumkin?
– AES qurilişi ulkan loyiha böladi. Bu loyihada eng muhimi – mutaxassislarni tayyorlaş. Yurtimizda yadro tibbiyoti 60 yildan beri rivojlanmoqda, AES qurilişi esa şubhasiz, yadro texnologiyalarning barça yönalişlarida, şu jumladan yadro tibbiyoti rivojida ham muhim rol öynaydi, deb öylayman.
AES qurilişi loyihasini amalga oşiriş doirasida Özbekistonda Moskva muhandislik-fizika instituti Milliy tadqiqot yadro universiteti (NIYaU MIFI)ning ilk xorijiy filiali oçildi. Bu yil ötgan yili qabul qilingan 100 nafar talaba birinçi bosqiçni tamomlamoqda va yana 100 nafar talaba qabuli e'lon qilingan. Universitet dasturida ta'limning turli yönalişlari, jumladan yadro texnologiyalari borki, ularning bir qismi sifatida yadro tibbiyotini ham oliş mumkin.
Bizning institutimiz kadrlaş tayyorlaş, şuningdek yadro tibbiyoti böyiça ham mutaxassislarni öqitiş hamda ularning institutimiz qoşidagi yadro tibbiyoti laboratoriyasida amaliyot ötaşlari böyiça ariza bergan. Şu bois aminmanki AES quriliş loyihasi Özbekistonda yadro texnologiyalari, şu jumladan yadro tibbiyoti rivojiga turtki beradi.
– Koronavirus bilan boğliq vaziyat yadro tibbiyotiga qanday ta'sir qilişi mumkin, yoki qanday ta'sir qildi?
– Koronavirus pandemiyasi şubhasiz tibbiyotga, şu qatorda yadro tibbiyotiga ham jiddiy ta'sir ötkazdi. Dunyoning deyarli barça olimlari, jumladan biz ham COVID-19 kasalligiga qarşi kuraş uslublarini işlab çiqiş borasida tadqiqotlarga kirişdik.
«Radiopreparat» korxonasi tomonidan xozirgi kunda turli yuqumli kasalliklarni aniqlovçi 10dan ortiq xildagi immun testlar işlab çiqarilmoqda. Ayni paytda koronavirusni tezkor aniqlovçi test ustida ham iş olib borilmoqda. Umid qilamizki, kuz oylaridayoq bu virusni tezkor aniqlaş böyiça test tayyor böladi.
Pandemiyaga qarşi kuraşda tibbiy asbob va buyumlar sterilizatsiyasi ham juda muhim ahamiyat kasb etadi. Koronavirus tarqalişi bilan bunday işlar hajmi bizning institutimizda ham keskin oşdi. Institutda tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarini (bir martalik, şpritslar, qölqoplar, kiyim boşlar, xirurgik iplar, bint, paxta va boşqalar) radiatsion sterilizatsiyalaş böyiça respublikamizda yagona işlab çiqariş maydoni taşkil qilingan. Bu turli viruslarga qarşi kuraşda juda samarali usul hisoblanadi. Şu bois pandemiya davrida bizda tibbiy asbob-uskunalarni sterilizatsiyalaş hajmi keskin oşdi.
Umid qilamanki, bu yönaliş ham rivojlanişda davom etadi, bunday markazlar soni oşadi va ularning samaradorligi ham kengayadi. Bu esa öz navbatida tibbiyotimiz xodimlariga turli bakteriyalar, viruslar, şu jumladan koronavirusga qarşi kuraşda kömak böladi.