O‘zbekiston | 08:45 / 11.06.2020
5147
1 daqiqa o‘qiladi

Akademik litseylarga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlandi

Hujjatlarni qabul qilish 30 iyunga qadar davom etadi.

2020-2021 o‘quv yili uchun umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchi o‘quvchilarini oliy ta'lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga hujjatlarini onlayn qabul qilish boshlandi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, akademik litseylarda:

aniq fanlar;

tabiiy fanlar; 

xorijiy tillar; 
ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta'lim beriladi. 

Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida respublikadagi barcha akademik litseylar haqida ma'lumotlar umumlashtirilgan maxsus telegram kanal tashkil etildi. 

Ushbu kanal orqali akademik litseylarning rasmiy sahifalari orqali o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlarni onlayn topshirish mumkin bo‘ladi.

Hujjatlarni qabul qilish 30 iyunga qadar davom etadi.

Mavzuga oid