O‘zbekiston | 12:00 / 07.05.2022
7582
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat stomatologiya instituti Germaniyaning “Megadenta” kompaniyasi hamkorligida xalqaro olimpiada o‘tkazdi

Foto: Toshkent davlat stomatologiya

Bugun oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent davlat stomatologiya institutida zamon talablariga mos keladigan va stomatologiyaning ilg‘or texnologiyalarini egallagan yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Germaniyaning “MEGADENTA” kompaniyasi hamkorligida talabalar orasida olimpiada o‘tkazdi. Xalqaro miqyosda tashkil etilgan “MEGAMaster” tanlovi stomatologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar orasida o‘tkazildi.

Bu yilgi xalqaro tanlov Toshkent davlat stomatologiya institutida AQSh, Germaniya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston davlatlarining 12 yetakchi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 100ga yaqin ishtirokchilarini qabul qildi. Ikki kun davom etadigan bellashuvda stomatologiya sohasining 4 yo‘nalishi bo‘yicha talabalar o‘zlarining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va ilmiy izlanishlari natijalari bilan ishtirok etdilar.

Mazkur bellashuvda hakamlik qilish uchun Moskva, Xabarovsk, Volgograd, Chimkent, Olmaota shaharlardan tashrif buyurgan yetakchi professor – o‘qituvchi va mutaxassislar taklif etildi.

TDSI simulyatsion markazi va talabalar stomatologik poliklinikasida tashkil etilgan bellashuvlarda, yosh mutaxassislar bugungi kunda zamonaviy tashxislash va davolash usullaridan mohirona foydalangan holda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishdi.

Bu kabi xalqaro tanlov zamon talabiga mos, raqobatbardosh yosh kadrlarni yetishtirib berish uchun katta maktab bo‘lib hizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida: bugungi kunda TDSI dunyoning 20 mamlakatining 100 ortiq yetakchi OTM va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, respublika oliy ta’lim muassasalari orasida akademik va moliyaviy mustaqillikka ega bo‘lgan, nufuzli Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) akkreditatsiyasiga va xalqaro sifat menejmenti ISO 9001:2015 sertifikatiga ega. 2022 yilda TDSI Times Nigher Education (THE) reyting agentligining impakt reytingida dunyoning kuchli 1000+ OTM orasidan joy oldi.

Toshkent Stomatologiya Instituti matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda