Light | 12:28 / 29.04.2019
4131
3 daqiqa o‘qiladi

Masofadan ishlashning 4 ta asosiy murakkab jihati

Foto: Unsplash

Hozirda tobora ko‘pchilik ofisdagi ish faoliyatiga qaraganda uyda mehnat qilishni afzal ko‘rmoqda. Bu haqiqatan ham qulay. Dunyoning istalgan nuqtasida turib ishlash mumkin, ish joyiga yetib olish uchun ham vaqt sarflamaysiz, dress-kod ham yo‘q. Biroq ijobiy jihatlaridan tashqari ahamiyatga ega salbiy tomonlari ham mavjud. Bugun ana shular haqida hikoya qilamiz.

Yolg‘izlik

Ofisda doimo insonlar qurshovidamiz. Istaymizmi yoki yo‘qmi, ular bilan muloqotga kirishamiz, do‘stlashamiz, ishdan keyin esa birgalikda qahvaxonaga boramiz. Bir xonada bir necha xodim ishlaydigan kompaniyalar xodimlari uchun ofisning shovqinli muhiti yoqmaydi. Biroq uyda yolg‘iz ishlash ham vaqt o‘tishi bilan izolyatsiya hissini keltirib chiqaradi. Suhbat qurish ishqibozlari – ekstravertlar uchun bu jihat ayniqsa muhim.

Aniq ish va shaxsiy vaqtning mavjud emasligi

Frilanserlarning asosiy muammosi – ko‘pincha ortiqcha ishlash. Miyangizda aniq taqsimlovchini o‘rnatish mushkul: soat 10 dan 18 gacha mana bu stol atrofida ishlayman, undan keyin esa dam olaman va film tomosha qilaman. Ba'zida ish yarim tungacha davom etadi. Bu ayniqsa turli vaqt hududlarida jamoa bo‘lib ishlashga tegishli.

Chalg‘ish

Uyda o‘ziga tortuvchi karavot, qarindoshlar bor. Uyda ham ortga surib bo‘lmaydigan ishlar chiqib turadi. Yoki qiziqarli video haqidagi xabarnoma keladi. Agar ishga diqqatni qarata olmasangiz va shunday chalg‘ituvchi omillarga moyil bo‘lsangiz, u holda uyda ishlash siz uchun yaxshi usul emas.

Qarindoshlar

Avvalgi banddan kelib chiqadigan muammo. Qarindoshlaringiz sizni qay darajada yaxshi tushunishmasin, vaqti kelib «uyda bo‘lsangiz ham yordam bermaysiz» qabilidagi muammolar yuzaga keladi. Bu ayniqsa katta yoshdagi insonlar tegishli. Ularga uydagi stol va kompyuter to‘laqonli ofis ekani, siz bekorchi emasligingiz, pul ishlab topayotganingizni tushuntirish mushkul. Ofisdagi faoliyatga batamom barham berishdan avval yaxshilab o‘ylab ko‘ring: qarindoshlaringiz to‘laqonli ish faoliyatiga xalaqit qilishmaydimi?

 Agar uyda ishlaydigan bo‘lsangiz, qanday murakkabliklarga duch kelishingiz borasidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashasiz degan umiddamiz.

Mavzuga oid