Rossiya kompaniyalari qöşni davlatlardan kadrlarni tez-tez yollay boşladi. Bular asosan Özbekiston, Gurjiston, Armaniston, Qozoğiston va Qirğizistonda istiqomat qiluvçi mutaxassislardir. Bu haqda Spot yozmoqda.

Qayd etilişiça, iş beruvçi kompaniyalar soni sönggi bir yil içida 190 dan 260 taga yetgan. Xorijiy kadrlarga tölangan mablağ esa deyarli 1 mlrd rublni taşkil etdi, deydi Solar Staff vakili Aleksandr Norovyatkin:

«Agar qöşni davlatlar — Gruziya, Qozoğiston, Armaniston, Qirğiziston va Özbekiston haqida gapiradigan bölsak, bunday frilanserlarga jami 815 mln rubl tölangan, bu ötgan yilga nisbatan uç barobar köpdir».

Statistikaga köra, bunday işçilar va ularni işga yollamoqçi bölgan kompaniyalar soni ortib bormoqda. Ular asosan reklama, ta’lim, elektron tijorat va OAV bilan şuğullanadi. Bundan taşqari, dasturçilar, QA-muhandislari, mobil işlab çiquvçilar, loyiha menejyerlari, umuman olganda, raqamli mahsulotlar bilan u yoki bu tarzda boğlangan har bir mutaxassisdir.

Iş beruvçilar uçun frilanserlar bilan tuzilgan şartnomalar doimiy xodimlarga qaraganda foydaliroqdir. Şu tarzda kompaniyalar kamroq pul evaziga malakaliroq xodimlarni topişlari mumkin.

Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi ma’lumotlariga köra, 2022 yilda özbekistonlik frilanserlar qariyb 12 mln dollar daromad topgan. Şundan 9,5 mln dollar xorijiy platformalardan SWIFT orqali kelib tuşgan bölsa, 2,3 mln dollar esa Payoneer tizimi orqali ötkazilgan.

Hududlar kesimida eng köp daromad olgan frilanserlar Toşkent şahriga töğri keladi — 11,4 mln dollar. Keyingi örinlarda Toşkent viloyati (129 ming dollar), Andijon (151 ming dollar) va Namangan (104 ming dollar) joylaşgan.