Qaror bilan, şu yil 1 iyuldan özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari röyxati kengaytirilmoqda.
2020 yil 1 iyuldan boşlab joriy etilayotgan tartibga köra:
· özini özi band qilgan şaxslarni röyxatga oliş xabar beriş tartibida özini özi band qilgan sifatida röyxatdan ötganlikni tasdiqlovçi matritsali ştrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali amalga oşiriladi hamda vaqtinçalik mehnat guvohnomalarini beriş tartibi bekor qilinadi;
· özini özi band qilgan şaxslar 2020 yil uçun ijtimoiy soliqni özini özi band qilgan şaxs sifatida haqiqatda işlagan vaqtidan qat'i nazar, bazaviy hisoblaş miqdorining kamida 50 foizi hajmida tölaydi hamda uşbu summa töliqligiça budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga yönaltiriladi va undan kelib çiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun örnatilgan tartibda pensiya hisoblaş uçun daromad hajmi aniqlanadi;
· özini özi band qilgan şaxslar yollanma işçilarni jalb qila olmasligi hamda iş beruvçiga ega böla olmasligi töğrisidagi talab saqlanib qoladi.
Ma'lumot uçun, Soliq kodeksiga muvofiq, özini özi band qilgan şaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy şaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.

















