Prezidentning “Internet tarmoği orqali xizmatlar eksportini amalga oşiruvçilarni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining jismoniy şaxslarga veb-frilanserlikni örgatiş, ularni qayta tayyorlaş, malakasini oşiriş va rezidentlik maqomini beriş böyiça mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi Milliy frilanserlar markazini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanadi.

Belgilab qöyilişiça:

Internet tarmoği orqali mehnat daromadi olişga yönaltirilgan jismoniy va yuridik şaxslarga masofaviy tarzda xizmatlar körsatiş, işlarni bajariş böyiça şaxsiy mehnati bilan iştirok etişga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oşiradigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatga olinmagan va öz faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydigan jismoniy şaxslar mehnat stajini hisobga oliş va rağbatlantiruvçi imtiyozlardan foydalaniş huquqi bilan vaqtinçalik mehnat guvohnomalari beriladigan özini özi band qilgan, Markaz rezidenti maqomini olgan fuqarolar veb-frilanser hisoblanadi;

Markaz veb-frilanserlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça eksterritoriallik tamoyili asosida, şu jumladan masofaviy tarzda kurslarni taşkil etadi hamda mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovçilarga sertifikat beradi;

Markazning rezident maqomi sertifikatga ega bölgan jismoniy şaxslarga hamda sertifikatga ega bölmasdan Internet tarmoği orqali jismoniy va yuridik şaxslarga masofaviy tarzda xizmatlar körsatib, mehnat daromadi olib yurgan jismoniy şaxslarga, şu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllagan holda masofaviy tarzda beriladi;

Markaz veb-frilanserlarning kasbi, tajribasi, xizmatlari qiymati kesimida Yagona reyestrni yuritadi va ularni iş bilan ta'minlaşga kömaklaşadi;

nodavlat ta'lim muassasalari Markaz bilan tuzilgan şartnomalarga muvofiq veb-frilanserlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş xizmatlarini körsatadi hamda ularga Markazning sertifikatini taqdim etadi;

Markaz rezidentlariga vaqtinçalik mehnat guvohnomasi beriladi;

Markaz rezidentlariga vaqtinçalik mehnat guvohnomalari berilganligi uçun tölov undirişdan tuşgan mablağlarning oltmiş foizi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga – özini özi band qilgan fuqaro tomonidan ijtimoiy soliqni tölaş hisobiga hamda qirq foizi Markaz hisob raqamiga yönaltiriladi;