«Olimning asosiy muammosi oila boqiş bölib qolgandi» – geolog Abdurazzoq Mirzayev bilan suhbat
|23:58 / 10.03.202019 68212 min
Özbekiston Fanlar akademiyasi Navoiy bölimi raisi, geologiya-mineralogiya fanlari doktori Abdurazzoq Mirzayev geologiya ilmi, işlab çiqariş korxonalari, şuningdek, kadrlar tayyorlaşdagi muammolar yuzasidan fikr bildirib, ularning yeçimi böyiça öz takliflarini bildirdi.
– Yaqin ötmişda, ya'ni bundan 30-40 yil ilgari yurtimizda geologik tadqiqotlar juda samarali olib borilar edi. Bunga, albatta, Özbekiston hududining geologik tadqiqotlar olib borişga qulay geografik şaroiti, geologik rivojlaniş bosqiçlariga taalluqli toğ jinslarini öz içiga olgan vulqon, metomorfik va çökindi yotqiziqlar oçilmalari, tektonik harakatlar natijasida tub jinslarning yer yuziga yaqin joylaşgan toğlar tizmalarini hosil qilişi va bu toğ tizmalarining ma'dan va noma'dan konlari boyligi sabab bölgan.
Misol uçun, sobiq ittifoq davrida jami qazib olinadigan oltinning uçdan bir qismi birgina Qizilqumdagi Muruntoğ konidan qazib olingan.
Şunday qilib, Özbekistonda geologlarning örganiş obekti bölgan foydali qazilmalarga boy toğlarning mavjudligi hamda hududdagi iqlimning yil davomida geologik tadqiqotlar olib borişga mosligi, ayniqsa yoz va kuz fasllarida ekologik toza meva-sabzavotlar tökin-soçinligi, butun sobiq ittifoq geologlari hamda sohaga oid olimlarni ohanrabo kabi tortgan. Natijada özbekistonlik geolog olimlar bilan samarali ilmiy-amaliy hamkorlik yölga qöyilgan.
Abdurazzoq Mirzayev şaxsiy fotoalbomidan
Albatta, hozirda bu tadqiqotlar hisobotlarining katta qismi sobiq ittifoq geologiya vazirligi fondlarida saqlanmoqda.
Öşa davrlarda nafaqat geolog amaliyotçilar, balki konçilar bilan ham geolog olimlar örtasida samarali hamkorlik qilinar edi. Masalan, X.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti olimlari, institut direktori Ibrohim Hamraboyev boşçiligida Muruntoğ koni Ilmiy-texnik kengaşi majlislariga taklif etilib, kondagi qazib oliş jarayonidagi geologik tadqiqotlar natijadorligini nazorat qilişar, tavsiyalar berişar edi.
NKMK tomonidan esa Muruntoğ posyolkasidan institut olimlariga tadqiqotlarni samarali olib borişlari uçun ikkita 6 xonali kottejlar dala ekspeditsiya poligoni taşkil etiş uçun ajratilgan edi. Bunday imkoniyatdan institut olimlari nafaqat NGMK obektlarida, balki butun Qizilqum hududini örganişdagi dala tadqiqotlarida foydalanişgan.
Konlardan ma'danlarni qazib oluvçi işlab çiqariş korxonalari mutaxassislari, geolog amaliyotçilar va geologiya sohasi olimlarining samarali hamkorligi natijasida «ustoz-şogird» an'analarining samarali mexanizmi sifatida, Özbekistonda geologiya sohasida bir qança ilmiy maktablar yaratilgan edi.
Afsuski, bugungi kunda uşbu maktablar samaradorligi juda past. Albatta bunga sabab, qariyb 25 yil davomida ilm-fanga e'tiborning pasayib ketganligi böldi.
Mavzuga oid
«Olimning asosiy muammosi oila boqiş bölib qolgandi»
– Olimlarimiz oila tebratiş uçun bozorlarga çiqib savdo qilişga, qölidan kelganlari tadbirkorlik qilişga ötib ketişdi. Albatta, hamma ham tadbirkorlik qila olmaydi, unga ham qobiliyat kerak. Qolgan qismi qaysidir ilmiy dargohda, işlab çiqariş korxonasida yoki firmada köproq oylik maoş bersa, öşa joyga borib işlaşga majbur bölişdi.
Natijada kuçli ilmiy-tadqiqot institutlarida ustozlari atrofida jamlangan dunyo tan olgan maktablar vakillari tarqalib ketişdi, örtadagi hamkorlik yöqoldi. Ilm bilan şuğullaniş xobbiga aylandi, olimlar boşini qotirgan asosiy muammo oila boqiş böldi.
Abdurazzoq Mirzayev şaxsiy fotoalbomidan
Olimlarning fikriça, dunyoda har qanday davlatning rivojlanişi 16 foiz işlab-çiqariş vositalariga, 20 foiz xomaşyo bazasiga, 64 foiz esa ilmiy salohiyatga boğliq. Bunga misol sifatida Yaponiya va Janubiy Afrika davlatlarini keltirişimiz mumkin.
Yaponiyada foydali qazilma boyliklari deyarli yöq, ikkinçisida dunyodagi eng katta oltin koni – Vitvatersrand mavjud, lekin davlatlarining rivojlanişi yer bilan osmon singari.
Bu örinda Xitoy faylasufi Konfutsiyning: «Agar sen xalqingni bir yil boqmoqçi bölsang, buğdoy ek. Ön yil boqmoqçi bölsang, daraxt kökartir. Asrlar davomida boqmoqçi bölsang, ilmli qil», degan hikmatli sözlarini keltirib ötiş joizdir.
Prezidentimiz tomonidan ilmga berilayotgan katta e'tibor, albatta, yurtimizning ilmiy salohiyatini bir paytlardagidek yuqori kötariş imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda fan doktori ilmiy unvoniga ega olimlar 1000 dollargaça oylik maoş olayapti. Endi ular rözğor taşvişini öylamasdan, bemalol yurtimiz iqtisodiy rivojiga hissa qöşadigan ilmiy tadqiqotlarini olib borişlari mumkin.
Bundan taşqari, joriy yildan barça davlat taşkilotlarida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan şuğullanayotgan, ta'lim va ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan fan nomzodlarining oylik maoşlariga 30 foiz, fan doktorlari uçun esa 60 foiz ustama haq tölaş tizimi joriy etiladi.
Albatta, bunda ustama haq oliş uçun olimning ilmiy faoliyati ma'lum kriteriyalarga javob berişi kerak. Hamma olimning ilmiy salohiyati yuqori darajada natijador bölmaydi. Eng asosiysi – endi olimlarda faol işlaş uçun stimul bor, manfaatdorlik bor. Bu bugungi kunda davlatning iqtisodiy barqarorligini ta'minlaydigan eng maqbul va özining samarasini tez beradigan, ilm-fanning rivojiga olib keladigan oqilona yondaşuvdir.
«Geologning bolğasi tegmasa, yangi konlar oçilmaydi»
Özbekiston Geologiya fanlari universitetining taşkil etilişi, keyingi 30 yilda tarqalib ketgan ilmiy maktablarning qisman bölsa-da qolgan vakillarini bir komandaga yiğişga va ularning salohiyatidan samarali foydalanişga imkon beradi.
Uşbu olimlar bitta universitet qoşida tanlov asosida ham öquv jarayonida faol qatnaşişi, ham zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarda bitta jamoa bölib, bor ilmiy salohiyatlarini jalb qilgan ilmiy tadqiqotlar olib boriş imkoniyatiga ega böladilar.
Abdurazzoq Mirzayev şaxsiy fotoalbomidan
Ayniqsa, universitet qoşida yurtimizning toğ-kon sanoati flagmanlari bölgan NKMK va AKMK tomonidan moliyalaştiriş hisobiga taşkil etiladigan «Geoinnovatsion laboratoriya» nafaqat yurtimizda, balki Markaziy Osiyoda yagona zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi böladi.
Albatta, uşbu sa'y-harakatlar natija berişi uçun 5-10 yil kerak böladi. Bizning boşqa yölimiz yöq, biz yurtimizga sadoqatli, kasbiga fidoyi bölgan yetuk geolog kadrlarni özimiz tayyorlaşimiz kerak.
Men geolog olim sifatida bir narsaga aminman: geologning bolğasi tegib, uning özi yotqiziqlarni bevosita örganib, toğ jinslaridan namunalar olib, tadqiqot qilmas ekan, yangi konlar oçilmaydi.
Boşqa barça zamonaviy usullar, xoh u kosmosdan tadqiq qiliş bölsin, xoh boşqa geofizik, geoximik usullar bölsin — ikkilamçi darajadagi usullar bölib, konlarni taxminiy başoratlaşgagina yordam beradi. Şuning uçun sohaning kelajagi yetuk geolog mutaxassislar tayyorlaşdek dolzarb muammo yeçimiga boğliq.
Kadrlar tayyorlaşdagi muammolar
– Keyingi 30 yilda yurtimizda kadrlar tayyorlaşda bir xilda umumlaştiriş tamoyili qöllanib kelinmoqda. Geologiya sohasidagi talabalarga ham gumanitar yönalişlaridagi kabi, bitiruv malakaviy işlari mavzulari öqişning dastlabki bosqiçlaridayoq belgilab berilmoqda, ya'ni hali tört yildan keyin yozilişi kerak böladigan diplom işi temasi va unga rahbari tayinlanadi.
Aslida, talaba işlab çiqariş amaliyotidan kelgandan keyin, uning amaliyot hisoboti kafedrada muhokama qilinib, talaba töplagan materiallar asosida diplom mavzusi belgilanişi kerak. Lekin keyingi yillarda aksariyat talabalar özlari yozgan bitiruv malakaviy işlari obektlarining qayerda joylaşganini ham bilişmaydi, çunki ular amaliyotga bormagan, borgan bölsa ham bir kunda amaliyot kundaligini rasmiylaştirib, qaytib kelgan.
Işlab çiqariş taşkilotida talabalarning amaliyot ötişiga şaroit ham, hohiş ham yöq. Çunki oliy öquv yurti va taşkilot bilan oldindan kelişuv şartnomasi tuzilmagan, özaro javobgarlik rasmiylaştirilmagan, ta'lim va işlab çiqarişning samarali integratsiyasini taşkillaştirişga yetarli darajada e'tibor berilmagan.
Ba'zida talaba qayerga borib amaliyot ötişni bilmasdan, özining qarindoşi firmasida amaliyot ötib qaytib keladi va yillar davomida talabalar bir-biridan köçirib yozaverib, siyqasi çiqib ketgan, sözlarini rus tilidan notöğri tarjima qiliş oqibatida ma'no-mantiqsiz yozilgan, qoğoziga içingiz açiydigan holdagi işlarga domlalar közlarini yumib, himoyasini qabul qiladi.
Çunki şu talabalarni özlari öqitgan.
Şuning uçun bitiruvçi talabalarning bilim saviyasi past, işlab çiqarişga borganda malakaviy suhbatdan öta olmaydi.
Bundan taşqari, işlab çiqariş amaliyoti qisqa, geologiya qidiruv ekspeditsiyasi uni qisqa vaqtga işga qabul qilib, talabaga amaliyotçi rahbar tayinlaşga hohişi ham, mablaği ham yöq.
Bizning talabalik davrimizda, ya'ni ötgan asrning 80-yillarida ikki bosqiçli: işlab-çiqariş amaliyoti va diplom oldi amaliyoti bölib, u 3-4 oy davom etar, talabalar amaliyot ötadigan ekspeditsiyada işga qabul qilinar, geologik dala kiyimi, zarur anjomlar, bepul yotoq joy bilan bilan ta'minlanar, 120-200 sömgaça oylik maoş olar edi (ma'lumot uçun öşa paytlarda 1 AQŞ dollari qiymati jihatdan 69 tiyin bölgan).
Talaba oliygohni bitirgandan keyin istasa, öşa ekspeditsiyaga işga taqsimot qilinardi.
Bitiruvçi talabalarning rus tilini biliş darajasi past. Bugungi kunda geologiyaga oid mavjud adabiyotlar, fondlardagi geologik hisobotlar hammasi rus tilida. Rus tilini bilmagan yoş mutaxassis, özbek tilida geologik kesmalarni hujjatlaştiradi. Natijada özi bilgança terminlarni özbek tiliga tarjima qilişi oqibatida «oq toş», «qora toş» qabilidagi hisobot yoziladi. Vaholanki, geologiya – çegara bilmas keng soha, mavjud bilimlar bazasidan yanada samarali foydalaniş, yurtimizning boşqa davlatlar bilan faol integratsiyalaşuvi jarayonida rus tilining, ayniqsa ahamiyati kattadir.
Şuning uçun rus tilini öqitiş dasturini kengaytiriş va bu jarayonlarni jadallaştiriş kerak.
«Toğ jinslari geologik pasportlarni qayta yangilaş zarur»
– Yana bir katta muammo – bugungi kunda geologik tadqiqotlar olib borilayotgan mavjud ma'dan maydonlaridagi, konlardagi etalon toğ jinslarini tasniflovçi geologik pasportlarining yöqligi, borlarini ham qayta yangilaş zarurligidir.
Bunda har bir konga xos bölgan toğ jinslarining, ularning özgarişlarga uçragan holdagi körinişlarining rangli fotosuratlari, şaffof şişaga yopiştirilgan holdagi (şliflardagi) mikroskopdagi, elektron mikroskopdagi körinişlarining rangli fotosuratlari, zamonaviy laboratoriyalardagi kimyoviy tarkiblarini, hosil böliş şaroitlarini, nomlanişini ilmiy asoslangan va boşqa maydonlardagi uçraydigan öxşaş toğ jinslari bilan taqqoslangan holatdagi namunalari katalogi bilan birga har bir geologik qidiruv işlari olib borilayotgan obektlarda taşkil etiş kerak böladi.
Bunday tadqiqot obektlaridagi toğ jinslarining geologik pasportlari bölişi yoş mutaxassislar uçun nafaqat foydali, balki toğ jinslarining nomlanişidagi noaniqliklarga ham barham bergan bölar edi.
Albatta, bular mening şaxsiy fikrlarim. Öylaymanki, agar biz hammamiz birlaşib, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji yölidagi islohotlarga befarq bölmasak, farzandlarimizga avvalambor özimizning taşabbuskorligimiz, şijoatkorligimiz bilan örnak bölsakkina, natijaga erişamiz.
Bu borada bir rivoyatdagi ota va öğil örtasida bölib ötgan quyidagi savol-javobni hamda undagi hikmatni eslaşni joiz deb topdim. Ota öğliga: «Yurganingda qadamingni öylab bosgin», deganida, öğli: «Otajon, avvalo siz ehtiyot böling, çunki men sizning izingizdan boryapman», degan.
Demak, biz katta avlod vakillari farzandlarimizga har sohada özimizning vatanimizga sadoqatliligimiz, yurt taqdiriga befarq emasligimiz, kasbimizga fidoyiligimiz bilan şaxsiy örnak bölib, qöllab-quvvatlaşimiz kerak.